Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sababchi deb qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sud majlisi qisqa tanaffusdan so‘ng, 16-avgust kuni soat 10:00 da yana o‘z ishini davom ettirgani haqida xabar berilgandi. Navbatdagi sud majlisida ikki nafar ayblanuvchi — hindistonlik S.R.P. va uning o‘rinbosari sifatida ishlagan B.Q.lar so‘roq qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sudda so‘roq qilingan Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. advokatlarning savoliga javob berar ekan, Marion Biotech PVT. Ltd korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazilishini to‘xtatish uchun J.E. ismli masʼulga 33 ming dollar berganini tan oldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tergov hujjatlarida qayd etilishicha, Marion Biotech Pvt. Ltd korxonasining “Kuraraks 200”, “Kuraraks 400” dori vositasi ham ro‘yxatdan o‘tkazilib, O‘zbekistonda sotilishi reja qilingan. Biroq dorini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari “Dok-1 Maks” hujjatlari singari ishonchsiz, to‘liq bo‘lmagan va notarial tasdiqlanmagan bo‘lgani uchun korxonaga inspeksion tekshiruv tushishi rejalashtirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Marion Biotech Pvt. Ltd korxonasining “Kuraraks 200”, “Kuraraks 400” dori vositasi muhokama qilingan ekspertlar kengashida ushbu dori vositasini ishlab chiqarish sharoitlari shubha ostiga olingan va kengash aʼzolari tomonidan Marion Biotech PVT. Ltd. korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazilishi, dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi esa tekshiruv natijasiga ko‘ra hal qilinishi haqida qaror qabul qilingan. Bu haqda kengash bayonnomasiga tegishli qaydlar kiritilib, keyinchalik majlisda ishtirok etmagan S.Q. tomonidan tasdiqlab berilgan. Shundan so‘ng davlat markazi tomonidan 26-may kuni “Zarur amaliyotlar markazi” DUKka Marion Biotech PVT. Ltd. korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazish haqida yozma topshiriq, korxonaning o‘ziga esa bu haqda yozma xabarnoma yuborilgan, — deyiladi ayblov xulosasida.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Marion Biotech PVT. Ltd. korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazish belgilanganidan xabar topgan korxonaning norasmiy rahbari boshqa bir hindistonlik J.S. Quramax medical MCHJ direktori R.S.P. va jamiyatning savdo direktori B.Q.lar bilan til biriktirib, korxonaning ishlab chiqarish sharoitlari belgilangan talablarga javob bermasligi, tekshiruv o‘tkazilgan taqdirda mazkur kamchiliklar yuzaga chiqib, korxonaning boshqa dori vositalarining ham O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi hamda ularning importi to‘xtatilishi mumkinligini taxmin qilgan. Va davlat markazi masʼullari orasidan inspeksion tekshiruvni bekor qilish imkoni bo‘lgan xodimni topish harakatiga tushgan. R.S.P. Quramax medical MCHJ ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri N.M.dan yordam so‘ragan. Shunda xodimi unga davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida ishlovchi kursdoshi J.E.ning telefon raqamini bergan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

R.S.P. jinoiy sheriklari J.S. va B.Q.lar bilan tuzilgan jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida J.E. bilan avvaliga telefon orqali bog‘lanib, keyinroq u bilan JIB Mirobod tuman sudi yaqinida joylashgan “B&B” kafesida ko‘rishgan. Suhbat davomida R.S.P. korxonaga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilishda amaliy yordam so‘rab, buning uchun moddiy manfaat vaʼda qilgan. Shunda J.E. uning taklifini rahbarlariga yetkazib, tez kunlarda ularning javobini maʼlum qilishini bildirgan. J.E. taklifni davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh.ga yetkazgan. Masʼul ushbu xizmat 45 ming dollar bo‘lishini aytgan. Hindistonlik tadbirkor ularga 33 ming dollar bera olishini bildirgan. Va aytilgan pulni bergan, — deyiladi tergov hujjatlarida.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sud tergovida hindistonlik ayblanuvchi R.S.P. tekshiruvni to‘xtatish uchun 33 ming dollar berilganini tan oldi. Uning o‘rinbosari o‘zbekistonlik sudlanuvchi B.Q. ham 33 ming dollar pul masʼullarga berilganini, ammo nima maqsadda berilganidan bexabarligini aytdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sud davomida, shuningdek, advokatlar tomonidan “Qalampir.uz” va “Kun.uz” saytlari aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmayotganlikda ayblandi. “Gazeta.uz” nashrining jonli efiri to‘xtatib qo‘yildi.

Sud 2023-yilning 18-avgust kuni soat 10:00 ga qadar tanaffus eʼlon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »