Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi ofisi rahbari Stian Yenssen Ukraina o‘z hududlarining bir qismini Rossiyaga berishi evaziga NATOga a’zo bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Medvedev buning uchun Ukraina “Kiyevdan ham voz kechishi” kerakligini ta’kidladi. Zelenskiy ofisi esa Ukraina NATOga aʼzo bo‘lish uchun hududlarini almashmasligini ma’lum qildi.

Foto: AFP

Ushbu munosabatlar fonida Stian Yenssen uning tegishli taklifi xato bo‘lganini ma’lum qildi.

“Mening bu boradagi bayonotim Ukrainaning kelajakdagi ehtimoliy ssenariylari haqidagi kengroq muhokamaning bir qismi edi va uni bunday tarzda ifodalamasligim kerak edi. Bu xato edi”, — dedi u.

Yenssenning rezonansli bayonoti

Yenssen urushni yakunlash variantlaridan biri sifatida Ukraina Rossiyaga hududlarining bir qismini berishi mumkinligini aytdi. U bu variant asosida Ukraina NATOga a’zo bo‘lishi ham mumkinligini ta’kidladi.

“Menimcha, urushni yakunlashning bir yechimi Ukraina hududlaridan voz kechib, evaziga NATOga a’zo bo‘lishidan iborat bo‘lishi mumkin”, — dedi NATO bosh kotibi ofisi rahbari.

U Ukraina qachon va qanday sharoitda Rossiya bilan muzokaralar olib borishni xohlashini o‘zi hal qilishi kerakligini bildirdi.

“Shunday bo‘lishi kerak, deb aytmayapman. Ammo bu ehtimoliy yechim bo‘lishi mumkin”, — deya xulosa qildi u.

Rossiya qanday munosabat bildirdi?

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mazkur taklifni “qiziq g‘oya” deb atadi va Ukrainaning “bahsli hududlariga Kiyev ham kirishini” aytdi.

“Blokka kirish uchun Ukraina hatto qadimgi rusning poytaxti Kiyevdan ham voz kechishi kerak. Ular poytaxtni Lvovga ko‘chirishga majbur bo‘ladi”, — degan Medvedev.

Ukraina mazkur taklifni rad etdi

Ukraina tashqi ishlar vazirligi NATOga a’zolik evaziga hududlardan voz kechishni qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Hududlarning bir qismini Rossiyaga berish evaziga Ukraina NATOga kirishi haqidagi gaplarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Biz hamisha alyans Ukraina kabi hududlar bilan savdo qilmasligidan kelib chiqqanmiz”, — dedi TIV vakili Nikolenko.

Zelenskiy ofisi ham bu taklifni g‘alati deb baholadi

Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak mamlakat NATOga aʼzo bo‘lish uchun hududlarini almashmasligini ta’kidladi.

“Hududni NATO soyaboni uchun almashish? G‘alati. Ya’ni, ongli ravishda demokratiya mag‘lub bo‘luvchi yo‘ldan borish... xalqaro huquqni yo‘q qilish va urushni boshqa avlodlarga majburiy o‘tkazish”, — dedi Podolyak

U buning o‘rniga NATOga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirish haqida e’lon qilishga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »