Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazirlar Mahkamasining “Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjat bilan 2023—2030-yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha O‘zbekistonning milliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.

Quyidagi ofatlarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • zilzila;
  • yer va tosh ko‘chishi;
  • kuchli shamollar;
  • qor ko‘chishi;
  • qurg‘oqchilik;
  • sel va suv toshqini;
  • tabiiy yong‘inlar;
  • tabiiy hodisalar bilan bog‘liq texnogen xavflar.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekistonning katta qismi sezilarli darajada iqlim o‘zgarishi ta’siri doirasida bo‘lib, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, odamlarning turmush tarzi va sog‘lig‘iga, shuningdek, iqtisodiy obyektlarning barqaror faoliyat olib borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi oqibatida respublika hududida tabiiy ofatlar soni sezilarli oshdi. Tabiiy ofatlarning o‘rtacha soni 2001—2010-yillarda 115 ta holat, 2011—2022-yillarda 126 ta holatni tashkil etgan. Ularning 46 foizi zilzilalar, 27 foizi sellar, 13,5 foiz yer ko‘chkilari, 8,7 foizi kuchli shamollar, 2,4 foizi suv toshqinlari, 1,6 foizi tabiiy yong‘inlar, 0,8 foizi qor ko‘chkilari va boshqalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Respublikada 12 ballik xalqaro MSK-64 shkalasi bo‘yicha intensivligi 7 ball va undan yuqori bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lish xavfi mavjud. Markaziy Osiyo davlatlarining bir qator seysmologik xizmatlari har yili turli jadallikdagi 3 mingga yaqin yerosti silkinishlarini qayd etadi.

O‘zbekiston aholisining qariyb 70 foizi seysmik faol zonalarda istiqomat qiladi. Ko‘plab binolar, ayniqsa yakka tartibdagi uylar qurilish norma va qoidalarini hisobga olmagan holda qurilgani sababli uy-joy qurilish obyektlarining 70 foizi seysmik barqaror emas. Zilzilaning ikkilamchi ta’siri halokatli bo‘lishi va boshqa xavflarni keltirib chiqarish ehtimoli yuqori.

Milliy harakatlar rejasining asosiy maqsadi — bu tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha kompleks choralarni ishlab chiqishdir.

Shunga ko‘ra quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • yangi qonunchilik normalarini, respublika va hududiy strategiyalarni ishlab chiqish, ushbu yo‘nalishda mahalliy hokimiyat ishtiroki va javobgariligini oshirish;
  • tabiiy ofatlar xavfini aniqlash va baholash, aholining bunday holatlar haqida xabardorligini oshirish;
  • davlat va xususiy investitsiyalarni jalb etish, avariyaviy-qutqaruv va boshqa maxsus texnikani ishlab chiqarishni DXSH tamoyillari asosida mahalliylashtirish va boshqalar.

Shuningdek, Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha 26 ta asosiy chora-tadbirdan iborat “Yo‘l  xarita”si tasdiqlanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »