Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHdan Chiliga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti Panamaga shoshilinch qo‘ndi. Bunga parvoz vaqtida uchuvchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘ldi.

Latam aviakompaniyasiga qarashli samolyot Mayamidan Santyagoga uchayotgan bo‘lgan. Sog‘lig‘i yomonlashgan uchuvchining o‘rnini boshqa ekipaj a’zosi egallab, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun samolyotni Tocumen xalqaro aeroportiga (Panama) qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Google Images

Aviakompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, uchuvchining hayotini saqlab qolish uchun xavfsizlik protokoli bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilgan. Shunga qaramay, uchuvchi vafot etdi. O‘lim sababi hozircha aniqlanmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchi aviakompaniyada 25 yildan beri ishlab kelayotgan bo‘lgan. 

Iyun oyida Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot zudlik bilan Toshkentga qo‘ngandi. Bunga homilador yo‘lovchi ayolda tug‘uruq jarayoni boshlangani sabab bo‘lgan. Samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nganidan so‘ng ayol tibbiy muassasaga olib ketilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »