Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov tergov izolyatorida Qur’onni yoqib yuborgani uchun hibsga olingan 19 yoshli Nikita Juravelni kaltakladi. Yigit holat yuzasidan Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkovaga murojaat yubordi. Bu haqda The Insider xabar berdi.

Foto: “theinsider.ru”

Juravel o‘z murojaatida Adam Qodirov uni tergov izolyatoriga kelgan vaqtida kaltaklaganini aytgan. U Chechenistondagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Mansur Soltayevga tekshiruv o‘tkazish hamda kaltaklanganlar va guvohlarning ko‘rsatmalariga eʼtibor berishni so‘rab murojaat qilgan.

Checheniston Jazoni ijro etish xizmatiga aloqador manbaga kora, Juravel 15-avgust kuni Ramzan Qodirovning tashrifidan keyin kaltaklangan. Adam Qodirov Juravelni kaltaklash uchun ataylab kamerada qolgani aytilmoqda.

22-may kuni Volgograd sudi 19 yoshli Nikita Juravelni ikki oyga hibsga oldi. “RIA Novosti” tegishli videoni chop etgan, unda Volgograd fuqarosi dunyo musulmonlaridan uzr so‘ragan va Qur’onni yoqish “juda yomon ish” ekanini aytgan. 

So‘roq paytida Juravel “Ukraina maxsus xizmatlarining ko‘rsatmasi bilan 10 ming rubl mukofot evaziga” Qur’onni yoqib yuborganini va harakat protokolini “SBU” xodimiga topshirganini aytgan. Ish Checheniston Respublikasiga o‘tkazildi, talaba Grozniyga olib ketilgan. 

Huquq himoyachilari va The Insider suhbatlashgan advokatning fikricha, ishni Chechenistonga o‘tkazish qarori odamlarni qo‘rqitish va Ramzan Qodirovga Rossiyada Islom diniga tajovuz qilgan har qanday shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish huquqini berish uchun qabul qilingan.

Mavzuga doir
Izoh

Нoмоз Абдийев

16.08.2023, 19:32

Osongina o'ldirib yubormaslik kerak, qiynoqni har turini qollash kerak

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »