Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistoni otasini o‘ldirganlikda ayblangan Amerika fuqarosini qatl qildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Foto: AP Photo

Qatl etilgan shaxs Bishoy Sharif Naji Nasif bo‘lib, misrlik otasini kaltaklab, keyin uni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Bundan tashqari, Nasif giyohvand moddalar iste’mol qilgani, otasining jasadini bo‘laklarga bo‘lgani va hibsga olinishidan oldin yana bir odamni o‘ldirishni rejalashtirgani aniqlangan.

Bayonotda Nasif qanday qatl etilgani haqida ma’lumot berilmagan. Biroq Saudiya Arabistoni muntazam ravishda o‘limga hukm qilinganlarning boshini tanasidan judo qiladi.

Nasifning advokatini darhol aniqlashning iloji bo‘lmagan. Uning AQSHda uy manzili bor-yo‘qligi ham noma’lum.

Xalqaro Amnesty International statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni 2022-yilda Xitoy va Erondan keyin dunyoda eng ko‘p qatl qiluvchi davlatlar qatoriga kiradi. 

Koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda qatllar soni kamaygandi, ammo so‘nggi yillarda ular yana ko‘paydi. 2022-yilning mart oyida 81 kishi qatl qilindi, bu qirollikda o‘zining zamonaviy tarixida amalga oshirilgan eng yirik ommaviy qatldir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »