Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Intizomiy jazoga tortilgan amerikalik harbiy iyul oyida Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgani haqida xabar berilgandi. KXDR hukumati harbiyning harakatiga AQSH armiyasidagi irqiy kamsitish sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: AP Photo

Iyul oyida 23 yoshli amerikalik harbiy Trevis King sayyohlik ekskursiyasi davomida Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi chegara chizig‘ini kesib o‘tgan. Shundan so‘ng Pxenyan harbiyning taqdiri haqida uzoq vaqt hech qanday ma’lumot bermagan.

Yangi ma’lumotga ko‘ra, harbiyning “Amerika jamiyatidagi tengsizlik” va “AQSH armiyasidagi irqiy kamsitish tufayli” hafsalasi pir bo‘lgan. Bu uni Shimoliy Koreyaga qochishga majbur qilgan. Shimoli Koreya hukumatiga ko‘ra, u qochqin sifatida qolishni xohlagan.

Trevis King Janubiy Koreyada xizmat qilayotgan paytda qonunni buzgani uchun mahalliy qamoqxonada 50 kun o‘tirgan. Shundan so‘ng u AQSHga olib ketilishi kerak bo‘lgan. Biroq King yashirinishga qaror qilgan va KXDRga qochib o‘tgan.

Rasmiy ravishda Shimoliy Koreya va AQSH 1953-yildan beri urush holatida bo‘lgani sababli King rasman harbiy asir sifatida tan olinishi mumkin.

King besh yil ichida Shimoliy Koreya tomonidan asirga olingan birinchi amerikalik bo‘ldi. Bungacha AQSH fuqarosi Bryus Lourens KXDRning Xitoy bilan chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun qo‘lga olingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »