Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi belgilandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hukumat qarori bilan Ichki ishlar vazirligining Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, sport maktabida o‘quvchi-sportchilar kontingenti, ularning vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 nafardan iborat hamda ta’lim olish muddati o‘quvchi-sportchi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy (yoki zaxira) tarkibida bo‘lgan davr mobaynida davom etadi. 

Sport maktabiga 18 yosh va undan katta sportchilar qabul qilinadi. O‘quvchi-sportchilarni sifatli tanlab olishni ta’minlash maqsadida sport maktabida qabul o‘rinlari bo‘shagan kundan 1 oy muddatda tanlov va uni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida e’lon beriladi. Nomzodlarga quyidagi minimal talablar qo‘yiladi: 

  • sport ustaligiga nomzoddan past bo‘lmagan sport toifasining mavjudligi;
  • kurashning tegishli yosh guruhlari va uslublari bo‘yicha sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida egallangan sovrinli o‘rinlar (1–3-o‘rin) mavjudligi.

Sport maktabiga o‘qishga kirishda nomzodlar 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi, shundan 30 ball umumiy jismoniy tayyorgarlikka va 70 ball maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajratiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »