Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gavayi arxipelagidagi eng yirik orollardan biri Mauida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari hozirgacha 110 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda CNN AQSHning Gavayi shtati gubernatori Josh Gringa tayanib, xabar bermoqda.

Foto: Telegram

Josh Grin Bosh prokurorga yong‘in xavfi haqida odamlar kech xabardor qilingani masalasida tekshiruv o‘tkazishni topshirgan. Reuters xabariga ko‘ra, yong‘inda trevoga signalini beruvchi sirenalar ishlamagan

Foto: Telegram

Bayden va rafiqasi Gavayiga boradi. Oq uy bayonotida aytilishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi 21-avgust kuni Gavayi shtatiga borib, Maui oroliga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatganlar, yong‘inda jarohatlanganlar hamda shtat va mahalliy rasmiylar bilan uchrashadi.

Foto: Getty Images

Gavayida o‘rmon yong‘inlari 8-avgust kuni boshlandi. Sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Laxayna shahri butunlay yonib ketdi. 14 ming kishi evakuatsiya qilindi.

Taxminlarga ko‘ra, yong‘inlarni arxipelagdan janubga qarab harakatlanayotgan “Dora” to‘foni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. Tezligi 130 kilometr/soatga yetgan kuchli shamol ta’sirida alanga tezda quruq o‘t va binolarga tarqalgan. Biroq yong‘inlarning aniq sabablari hozirgacha noma’lum.

Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »