Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublikaning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvarda 29,2 milliard dollarni tashkil etgan. Shundan tashqi qarz 25,9 milliard dollar, ichki qarz 3,3 milliard dollarga teng. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida maʼlumot berilgan.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Jalb qilinayotgan yillik qarzlar

Vazirlik hisobotiga ko‘ra, davlat qarzi miqdori 2017-yilda 11,6 mlrd dollar bo‘lgan va ko‘rsatkichlar yildan yilga o‘sib bormoqda. Xususan, 2018-yilda davlat qarzi miqdori 14,9 mlrd dollarga, 2019-yilda 17,8 mlrd dollarga yetgan. 2020-yilda 23,4 mlrd dollarni, 2021-yilda esa qarz miqdori 26,3 mlrd dollarni tashkil etgan. 

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Yillar kesimida hisoblaganda, 2019-yilda jalb qilingan tashqi qarz miqdori 5,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Shuningdek, 2020-yilda 5,35 mlrd dollar, 2021-yilda 4,92 mlrd dollar, 2022-yilda 4,49 mlrd dollarlik tashqi qarzlar olingan.

Vazirlik axborotida 2023-yil uchun O‘zbekiston nomidan va respublika kafolati ostida jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan miqdori 4,5 mlrd AQSH dollari etib belgilangani keltirilgan.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Qarzlar nimalarga sarflangan?

Sharhda O‘zbekistonning 2022-yil yakuni bo‘yicha jami davlat tashqi qarzidan (29,2 mlrd dollar) 33,4 foizi yoki 8,6 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgani ko‘rsatilgan.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Jami qarzlarning 11,6 foizi yoki 3 mlrd dollari elektr energetika sanoatiga, 10,9 foizi (2,84 mlrd dollar) energetika sanoatiga, 9,8 foizi (2,54 mlrd dollar) qishloq va suv xo‘jaligiga, 9,7 foizi (2,51 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga sarflangan.

Shu bilan birga, qarzlardan 8,9 foizi (2,3 mlrd dollar) uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Qarz beruvchilar

Davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlardan (XMI) jalb qilgan tashqi qarz portfeli hajmi 13,8 mlrd dollar yoki davlat tashqi qarzining 53,2 foizini tashkil etib, mazkur kreditlar uzoq muddat hamda imtiyozli foiz stavkalarida berilgan.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan davlat tashqi qarzi qoldig‘ining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (6 mlrd dollar), Jahon banki (5,5 mlrd dollar), Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd dollar) va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (0,5 mlrd dollar) hissasiga to‘g‘ri keladi.

“O‘zbekistonning asosiy kreditorlari Xitoy eksimbanki, Xitoy davlat taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa mamlakatlarning xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelib, asosan turli investitsion dasturlarni davlat kafolatlari ostida moliyalashtirilishi uchun qarz mablag‘lari jalb etilgan”, — deyiladi vazirlik hisobotida.

Maʼlum qilinishicha, kreditorlar oldidagi qarzdorlik bo‘yicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan so‘ndiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »