Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd AQSH dollarni (shundan, davlat tashqi qarzi – 25,9 mlrd AQSH dollari, davlat ichki qarzi – 3,3 mlrd AQSH dollari) yoki yalpi ichki mahsulotga (YIM) nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan sharhda ma’lum qilindi.

“Xususan, davlat qarzining YIMga nisbati 2021-yil boshida 39,0 foizdan (2021-yil yakunida – 38,0 foiz) 2022-yil yakuniga qadar 36,4 foizgacha pasaydi”, — deyiladi sharhda. 

Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi bugungi kunda “mo‘tadil” darajada hisoblanadi.

Quyida davlatning tashqi va ichki qarzlari miqdori keltirilgan (o‘lchov birligi mlrd AQSH dollari ekvivalentida):

Davlat tashqi qarzi— 25,9

  • YIMga nisbatan foizda — 32,25
  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i — 19,8
  • Davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i — 6,1

Davlat ichki qarzi* — 3,3

  • YIMga nisbatan foizda — 4,1
  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha qarz qoldig‘i (trln so‘mda) — 13,0
  • Davlat kafolati ostida jalb qilingan, davlat budjetidan qaytariladigan ichki qarz qoldig‘i — 2,16

Davlat qarzi, jami — 29,2

  • YIMga nisbatan foizda — 36,4 foiz

* Davlat ichki qarzi qoldig‘i tarkibida davlat qimmatli qog‘ozlari, davlat tomonidan kafolatlangan ichki qarz hamda davlat budjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i aks ettirilgan.

Davlat qarzini makroiqtisodiy barqaror darajada saqlash va uni samarali boshqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar hamda milliy valyuta almashuv kursining barqarorligi sharoitlarida respublika iqtisodiyotining yuqori sur’atlar bilan o‘sishining ta’minlanishi natijasida 2021-yildan boshlab davlat qarzining YIMga nisbati barqarorlashishi kuzatilmoqda.

Skrinshot: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Xususan, davlat qarzining YIMga nisbati 2022-yil boshida 38,0 foizdan 2023-yilning 1-yanvar holatiga 36,4 foizgacha pasaydi.

Davlat qarzi 2022-yil davomida 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, AQSH dollari hisobida yalpi ichki mahsulot tez suratlarda, ya’ni 11,1 mlrd dollarga o‘sganligi tufayli davlat qarzining YIMga nisbati pasaygan.

So‘nggi yillarda davlat qarzini mo‘tadil darajada saqlash va samarali boshqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar hozirda o‘z samarasini bermoqda.

Xususan:

• 2020-yildan boshlab yangi jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi miqdorlarini qonuniy chegaralash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Shundan:

  • O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni bilan 2020-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5,5 mlrd AQSH dollari miqdorida belgilandi.

2020-yilning yakuniga ko‘ra imzolangan yangi davlat tashqi qarz bitimlarining hajmi 5,35 mlrd AQSH dollarni tashkil etdi.

2021-yildan boshlab, davlat qarzining xavfsiz darajasini hamda yangi jalb qilinadigan davlat ichki va tashqi qarz bitimlariga nisbatan ham chegaralarini qonun darajasida belgilash yo‘lga qo‘yildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »