Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov tergov izolyatorida Qur’onni yoqib yuborgani uchun hibsga olingan 19 yoshli Nikita Juravelni kaltaklagandi. Ramzan Qodirov mazkur holatga bilvosita munosabat bildirdi.

Foto: Telegram

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bilan urushdan keyin Rossiya Qur’on haqoratlangan davlatlarga hujum qiladi.

“Yevropaning aksar davlatlarini insoniy tuyg‘uga ega bo‘lmaganlar boshqaradi. Urushda 100 foiz g‘alaba qozonishimizga ishonamiz, Ukrainadan keyin biz Qur’onni haqoratlashgan davlatlarga boramiz. Agar ularda imonli odamlar bo‘lmasa, bizda borligini anglashlari kerak”, — dedi u.

Checheniston rahbarining tegishli bayonoti aks etgan videoda Juravelni kaltaklagan Adam Qodirov, shuningdek, avvalroq Juravel “Chechenistonda jazo topadi” deb va’da bergan Checheniston matbuot vaziri Ahmad Dudayev ishtirok etgan.

22-may kuni Volgograd sudi 19 yoshli Nikita Juravelni ikki oyga hibsga oldi. “RIA Novosti” tegishli videoni chop etgan, unda Volgograd fuqarosi dunyo musulmonlaridan uzr so‘ragan va Qur’onni yoqish “juda yomon ish” ekanini aytgan. 

So‘roq paytida Juravel “Ukraina maxsus xizmatlarining ko‘rsatmasi bilan 10 ming rubl mukofot evaziga” Qur’onni yoqib yuborganini va harakat protokolini “SBU” xodimiga topshirganini aytgan. Ish Checheniston Respublikasiga o‘tkazildi, talaba Grozniyga olib ketilgan. 

Huquq himoyachilari va The Insider suhbatlashgan advokatning fikricha, ishni Chechenistonga o‘tkazish qarori odamlarni qo‘rqitish va Ramzan Qodirovga Rossiyada Islom diniga tajovuz qilgan har qanday shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish huquqini berish uchun qabul qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »