Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent metropoliteni ijtimoiy tarmoqlarda metro bekatlarining birida yong‘in chiqqani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat 17-avgust sanasida soat 00:20 lar atrofida sodir bo‘lgan. Bu vaqtda bekat yo‘lovchilar uchun yopiq bo‘ladi va tizimli texnik hamda xo‘jalik ishlari amalga oshiriladi.

“Ijtimoiy tarmoqda yong‘in deya ta’kidlangan jarayon hech qanday yong‘in emas, balki bekatda amalga oshirilgan rejaviy xo‘jalik ishi, ya’ni metro yo‘lidagi chaqiq toshlarni tekislovchi texnik uskunadan chiqqan tutun hamda chaqiq toshlardan hosil bo‘lgan changlardir”, — deyiladi munosabatda.

Ta’kidlanishicha, bu kabi texnologik jarayonlar belgilangan jadval asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi va uning xavfsiz amalga oshirilishi doimiy tarzda nazorat qilib boriladi.

2022-yilda Toshkent metropolitenida kuzatilgan muammolar haqida bir qator xabarlar berilgan edi. Xususan, poyezdlar bir necha bor to‘xtab qolgan, harakat yo‘nalishi cheklangandi. Shuningdek, Toshkent yerusti metrosida yuz bergan qisqa tutashuv yuzasidan rasmiy ma’lumot berilgan, metro poyezdi “Olmazor” bekatida to‘xtab qolgan, metro poyezd nosozlik sabab “Chorsu” bekatida yo‘lovchilarni tushirib qoldirgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »