Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronning Shahed-136 droni asosida Xitoy uning takomillashtirilgan nusxasi — Sunflower 200 kamikadze dronini taqdim etdi. Bu haqda Defense Express xabar berdi.

Foto: ISPI

Yangi dron Rossiyaning Armiya-2023 forumida namoyish qilingan. Xitoyning nomi oshkor etilmagan kompaniyalaridan biri taqdim etgan Sunflower 200 surat va tavsiflari tarmoqlarda paydo bo‘lgan.

Dron tashqi ko‘rinishi va umumiy xususiyatlariga ko‘ra Eronning Shahed-136 nusxasi hisoblanadi.

Korpus uzunligi 3,2 metr, qanotlar kengligi esa 2,5 metrni, zarba beruvchi kallak massasi 40 kilogrammni tashkil qiladi. Parvoz masofasi 1500 dan 2000 kilometrgacha, tezligi esa 160-220 km/soat.

Ushbu xususiyatlar Eronning Shahed-136 yoki Rossiyaning Geran-2 droni bilan o‘xshash va hatto bir xil.

Xitoy dronining boshlang‘ich vazni bor-yo‘g‘i 175 kilogramm, Eronniki esa 240 kilogrammdan iborat. Sunflower 200 ning bortdagi yonilg‘i sig‘imi 10 kilogramm yoki 160 litr ekani aytilmoqda.

Ushbu dronlarni ishlab chiqarish sur’ati, shuningdek, ular eksport qilinadimi yoki Rossiya ularni olishi mumkinmi — hozircha noma’lum.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »