Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Daniya va Niderlandiyaning Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish haqidagi so‘rovlarini ma’qulladi. Bu haqda amerikalik rasmiylardan birga hamda davlat kotibi Entoni Blinkenning maktubiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Agentlikning aniqlik kiritishicha, qiruvchi samolyotlar ukrainalik uchuvchilarni ular bilan ishlashga tayyorlash tugaganidan so‘ng jo‘natilishi mumkin.

“Ushbu maktub bilan men AQSH F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishni ham, ukrainalik uchuvchilarni malakali instruktorlar tomonidan o‘qitishni ham to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildiraman. Rossiyadan davom etayotgan tajovuz va suvereniteti buzilishi fonida Ukrainaning o‘zini himoya qila olishi muhim”, — deyiladi Blinken maktubida.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Daniya va Niderlandiya so‘rovlarining ma’qullanishi Ukrainaga “uchuvchilarning birinchi partiyasi mashg‘ulotlarni yakunlashi bilanoq, o‘zining yangi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish” imkonini beradi.

16-avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlarining rasmiy vakili Yuriy Ignat Ukraina bu yil kuzda ham, qishda ham F-16 qiruvchilarini olishga muvaffaq bo‘lmasligini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, nima bo‘lgan taqdirda ham, ukrainalik uchuvchilarni F-16 da o‘qitish masalasi “oldinga siljigan”.

Iyul oyida Politico Daniya va Niderlandiya boshchiligidagi 11 davlatdan iborat koalitsiya ukrainalik uchuvchilarga F-16 da uchishni o‘rgatishga tayyorligini, biroq AQSHning rasmiy ruxsatisiz buni amalga oshira olmasligini xabar qildi. 8-avgust kuni Pentagon AQSH prezidenti Jo Bayden boshqa davlatlar vakillariga ukrainalik uchuvchilarni o‘qitishga ruxsat berganini ma’lum qildi.

Harbiy ekspertlarning The Economist nashriga yozgan maqolasida F-16 qiruvchi samolyotlari Ukraina armiyasiga frontda tezkor muvaffaqiyatga erishishga yordam bermasligi aytildi.

Washington Post gazetasining yozishicha, ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash 2024-yilning yanvar oyida boshlanadi, chunki bunga qadar ular Buyuk Britaniyada to‘rt oylik ingliz tili kurslarini o‘tashi kerak. Jangchilarning uchish bo‘yicha mashg‘ulotlari yana olti oy davom etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »