Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH hukumati Moskvaga “xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bergani” uchun Turkiyaga qarshi chora ko‘rishni rejalashtirmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal o‘z manbasiga tayanib.

Foto: Getty Images

Amerika rasmiylari Turkiyaning Rossiyaga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarga rioya qilishini ta’minlashga, biroq ayni paytda “turk tomoniga sanksiya qo‘llash ssenariysidan qochishga” urinmoqda. Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, Vashington bu masala bo‘yicha Anqara bilan muloqot o‘rnatgan va uni Moskvaga yordam ko‘rsatish oqibatlari haqida ogohlantirmoqda.

AQSH va boshqa G‘arb davlatlari Rossiyaga sanksiya ostidagi mahsulotlar Turkiya orqali yetkazib berilishidan bir necha bor xavotir bildirgan, G‘arb Rossiyaga yaqin davlatlardan eksport oqimi keskin oshganini qayd etgan. Vashington o‘tgan yili turk shirkatlarini cheklovlarni chetlab o‘tgani uchun jazolash bilan tahdid qilgandi, shuningdek, vaziyat ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishini ta’kidlagan.

Turkiya hukumati respublikadagi hech bir shaxs yoki muassasaning sanksiyalarni chetlab o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da bergan, shu bilan birga Anqara cheklovlarga qo‘shilmayapti.

“Biz G‘arb sanksiyalariga bog‘lanmaymiz. Biz kuchli davlatmiz va Rossiya bilan ijobiy munosabatdamiz”, — degan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

20-iyul kuni AQSH Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni “buzgani” uchun Qirg‘izistonning to‘rtta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. The Washington Post yozishicha, Vashington Bishkekni Rossiyaga Xitoy dronlarini yetkazib berishda gumon qilmoqda.

16-avgust kuni AQSH Moliya vazirligi Rossiya, Qozog‘iston va Slovakiya kompaniyalariga “Shimoliy Koreya bilan aloqasi” uchun sanksiyalar joriy qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »