Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deb qaralayotgan “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud majlisi boshlangani va 18-avgust kuniga qadar tanaffus eʼlon qilingandi. Sud qisqa tanaffusdan so‘ng o‘z ishini davom ettirmoqda.

Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov

Sud avvalida ayblanuvchilarning advokatlari yana bir bor OAV vakillari faoliyatiga eʼtiroz bildirib, ularni sud zalidan chiqarib yuborishni so‘radi. Mazkur taklifni barcha ayblanuvchilarning advokatlari qo‘llab-quvvatlab, mavzu doirasidagi xabarlar izohida advokatlar shaʼniga to‘g‘ri kelmaydigan gaplar yozilayotganini aytib, “buni tartibga olish kerak”, dedi.

Foto: Skrinshot

Sudya Muso Yusupov mazkur iltimosnomaga javob qaytarar ekan “Bu kabi noto‘g‘ri maʼlumotlar sudda ishtirok etmaganlar tomonidan sudda ishtirok etgan jurnalistlar axborotini noto‘g‘ri talqin qilinishi oqibatida chiqib ketmoqda. Shunga eʼtibor berishingizni va advokat sifatida shaʼnim, qadr-qimmatim degan gapni aytmasligingizni so‘ragan bo‘lardim. Boisi, Siz ayblanuvchilarni himoya qilib, advokatlik ishingizni bajaryapsiz. Ayblanuvchilarni Siz himoya qilmasangiz, davlat tomonidan beriladigan advokatlar himoya qiladi. Sudda ayblanuvchilarning advokati bo‘lishi shart, boisi advokat oqlovni, prokuror esa qorolovni amalga oshiradi. Shuni tushunmayotgan yurtdoshlarimizga shu yerda o‘tirgan rasmiy OAV vakillari to‘g‘ri tushuntirasiz degan umiddamiz, — dedi.

Foto: Skrinshot

Sudda ishtirok etayotgan advokatlarning taʼkidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, jabrlanuvchilarning ayblanuvchilarga o‘lim jazosini so‘ragani aytilgan maqolalar ham eʼlon qilinmoqda. Advokatlarning eslatishicha, O‘zbekistonda o‘lim jazosi bekor qilingan bo‘lib, bunday jazo turi yo‘q.

Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov

Eslatib o‘tamiz, ayrim Telegram kanallarida “Daryo” internet nashrida eʼlon qilingan “Hindistonlik tadbirkor yana bir yaroqsiz doriga ruxsat olish uchun 33 ming dollar pora bergan: “Dok-1 Maks” ishini ko‘rayotgan sudning navbatdagi majlisidan reportaj” sarlavhali maqolada keltirilgan maʼlumotlar noto‘g‘ri talqin qilinib, “65 ta bola o‘lishiga sabab Hindistonning ‘Dok-1 Maks’ siropi uchun 33 ming dollar pora berilgan”, tarzida e’lon qilingan. Sayt maʼlumotida aslida bu pul Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. va uning o‘rinbosari tomonidan Marion Biotech PVT. Ltd korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazilishini to‘xtatish va buning nazdida yana bir dorining O‘zbekistonda sotilishiga ruxsat olish maqsadi yotgani bildirilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »