Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ukrainalik jurnalist Diana Panchenkoga bergan intervyusida, yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi savollarga javob berdi.

Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, agar mamlakatga tajovuz bo‘lmasa, boshqa holatda yadro quroli qo‘llanmaydi.

“Agar bizga qarshi tajovuz bo‘lsa, Belarusga hujum qilingan taqdirda, biz ikkilanmaymiz, kutmaymiz. Biz arsenalimizdan tiyib turish uchun foydalanamiz. Tajovuz sodir bo‘lishi bilanoq, rejaga ko‘ra, o‘zimizdagi bor narsalar bilan javob qaytaramiz.

Biz kimnidir qo‘rqitish uchun yadro qurolini olib kelganimiz yo‘q. To‘g‘ri, yadroviy qurol kuchli tiyib turuvchi vosita. Lekin bular strategik emas, taktik yadro qurollari. Shuning uchun, bizga qarshi tajovuz sodir bo‘lgan zahoti undan darhol foydalanamiz”, — deydi u.

Lukashenko belaruslarning aqli joyida ekani va yadro qurolidan foydalanishni istamasligini ta’kidladi. U Ukraina va G‘arb davlatlarini ham ogohlantirdi:

“Ukrainaga qarshi, agar u bizga tajovuz qilsa, nafaqat yadro quroli, undan tashqari vositalarimiz ham bor. Sizni ogohlantirib o‘tirmaymiz, agar qizil chiziqlarni kesib o‘tsangiz, (Ukrainadagi) qaror qabul qilish markazlariga zarba beramiz. Shunday ekan, bizga tegmang. Biz ham sizga tegmaymiz. Bu nafaqat Ukrainaga, birinchi navbatda, G‘arbdagi bunga tayyorgarlik ko‘rayotgan telbalarga tegishli”.

Belarusda yadroviy qurol joylashtirilishi

25-may kuni Minskda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Belarus mudofaa vazirligi rahbari Viktor Xrenin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda strategik bo‘lmagan yadro qurollarini Belarus Respublikasiga joylashtirish to‘g‘risidagi hujjat imzolandi. 

“Rossiya Belarusga yadro qurolini bermayapti: ular ustidan nazorat va ulardan foydalanish bo‘yicha qaror Rossiya tomonida qoladi”, — dedi Shoygu.

Shuningdek, u Moskva harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, kelajakda “Ittifoq davlati xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar” ko‘rish niyatida ekanini aytdi. Rossiya mudofaa vaziri allaqachon ko‘rilgan choralar barcha mavjud xalqaro-huquqiy majburiyatlarga mos kelishini bildirdi.

O‘sha kuni Aleksandr Lukashenko Minsk Rossiyadan kelayotgan yadro qurollari xavfsizligi uchun mas’ul ekanini ta’kidladi va uning mamlakati hududiga hech qanday diversantlar kira olmasligini aytdi.

26-may kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiyaning qo‘shni Belarusda yadro qurolini joylashtirishi Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani buzish ekanini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »