Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, 18-avgustga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa kuchlari shaharga uchib kelayotgan dronni urib tushirgan.

“Dron qoldiqlari Ekspomarkaz zonasiga tushdi, binoga jiddiy zarar yetmadi. Jabrlanganlar yo‘q”, — deb yozdi Sobyanin o‘zining Telegram kanalida.

O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi ertalab soat to‘rt atrofida Ukraina Moskva va Podmoskvyedagi obyektlarda dron yordamida “yana bir teraktni” amalga oshirishga uringanini maʼlum qildi.

“Dron havo hujumidan mudofaa qurollari taʼsiri bilan parvoz yo‘nalishini o‘zgartirib, Moskvadagi Krasnopresnenskaya sohil hududida noturarjoy binosiga qulab tushdi. Jabrlanganlar va yong‘in holatlari yo‘q”, — deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Shu bilan birga, guvohlar olgan videolarda voqea joyidan tutun ko‘tarilgani ko‘rinadi. Baza Telegram kanalining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dron Ekspomarkazning sakkizinchi pavilyonida 30 kvadrat metr maydonga qulagan. Mash’ning yozishicha, pavilyon tomi shikastlangan. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

18-avgust kuni ertalab dron hujumi tufayli rasmiylar Moskvaning barcha to‘rtta aeroportida: Vnukovo, Domodedovo, Sheremetyevo va Jukovskiyda samolyotlar parvozini vaqtincha chekladi, deb ma’lum qildi Federal havo transporti agentligi. Soat 4:30 da (Toshkent vaqti bilan 6:30) barcha cheklovlar olib tashlangan.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Moskva bir necha bor dronlar hujumiga uchradi. 1-avgustga o‘tar kechasi “Moskva Siti” minoralariga uchuvchisiz uchoqlar kelib tushgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »