Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nodavlat notijorat tashkilotlari va O‘zbekiston biznes tuzilmalari Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo‘natdi. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Mykolo Doroshenko / Facebook

Gumanitar yordam allaqachon Lvov viloyatining Drogobitskiy tumani ma’muriyati, Ijtimoiy siyosat bo‘limi va Lvov viloyati maxsus tibbiy yordam bo‘yicha kengashiga topshirilgan.

Foto: Mykolo Doroshenko / Facebook

Ukrainaga jami 785 844 grivnaga (taxminan 21 282 dollar) qishki poyabzal, sport, bolalar va ayollar kiyimlari yuborilgan. Shuningdek, umumiy qiymati 157 771 grivna (taxminan 4 273 dollar) bo‘lgan tibbiy shprislar, tibbiy paxta va infuzion tizimlar jo‘natilgan.

Foto: Mykolo Doroshenko / Facebook
Foto: Mykolo Doroshenko / Facebook

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi gumanitar aksiya ishtirokchilariga samimiy minnatdorlik bildirgan.

Foto: Mykolo Doroshenko / Facebook

Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi

O‘zbekistonga Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar bola hamda besh nafar hamrohlik qiluvchi guruh yetib kelgan

Foto: YKurkchi / X

Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporojye, Sumi, Xmelniskiy, Lvov va Kiyevdan kelgan bolalar 12 kun davomida “Anor” tog‘ oromgohida dam oladi.

Foto: YKurkchi / X

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Yevropa Ittifoqi davlatlarida vaqtinchalik himoya maqomini olgan Ukrainadan kelgan 4 milliondan ortiq qochqin bor. Iyun oyida ularning soni qariyb 46 ming kishiga ko‘paydi, bu may oyiga nisbatan 1,1 foizga ko‘pdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »