Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda prezident Shavkat Mirziyoyev eksportni kengaytirish bo‘yicha yana bir katta imkoniyat – bu nufuzli xorijiy brendlarni O‘zbekistonga jalb qilish ekanini taʼkidladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbariga ko‘ra, yillik bozori 100 milliard dollardan oshadigan dunyoning eng mashhur 50 ta brendi O‘zbekiston korxonalari bilan ishlashga katta qiziqish bildirmoqda. Ispaniya, Germaniya, Polsha, Turkiyaning yirik brendlari bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Ular mahalliy korxonalarimizga 3 milliard dollarlik buyurtma berishga hozirning o‘zida tayyor.

Bunda 3 ta eng katta masala hal qilinadi. Jumladan:

  • ishlab chiqarishga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash talablari joriy qilinadi. Buning uchun mahalliy korxonalarning mutaxassislari ularning talabi asosida o‘qitiladi;
  • mahalliy korxonalardagi ishchilarga munosib mehnat sharoitlari yaratib beriladi;
  • brendlarning mahsulotlarini olib kirish va eksport qilish uchun qulay bojxona rejimi joriy qilinadi.

Yirik brendlarni jalb qilgan korxonalarga 50 million so‘mdan grant ajratiladi.

Prezident Germaniyaning “Dizel” brendini jalb qilgan Namangandagi “Fazman tekstil” korxonasiga hamda AQSHning Nike brendini jalb qilgan Andijondagi “Sino interneyshnl” korxonasiga birinchi bo‘lib ushbu grantni berishni taklif qildi.

Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev 2023-yil olti oyida tekshirishlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamayganini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir yilda kichik tadbirkorlar soni 40 ming nafarga ko‘paygan, o‘rta tadbirkorlar soni 2 ming nafarga oshib, 10 mingga yetgan. Yirik korxonalar soni esa bir yilda 400 taga ko‘payib, 1,5 mingta bo‘lgan. Shuningdek, prezident O‘zbekiston ayrim mamlakatlar kabi neft-gaz resurslarini sotish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sishni taʼminlay olmasligini aytdi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »