Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oilaviy muammolar, o‘zini past baholash, tanishlarning qo‘pol mulohazalari — odamlarni xavfli ochlik e’lon qilishga undasa-da, bu kurashda asosiy narsa g‘olib chiqishdir. Quyida anoreksiyadan aziyat chekkan mashhurlar haqida ma’lumot beramiz.

Nikol Richi

Foto: Getty Images

Nikol hech qachon to‘la bo‘lmagan: kiyim o‘lchami har doim S-M orasida o‘zgarib turardi va aktrisa, umuman olganda, yon tomonlari va belidagi ortiqcha santimetrlar haqida shikoyat qilmasdi. Biroq Peris Xilton bilan do‘st bo‘lgandan keyin Richi qiyin kunlarni boshdan kechirdi. Bir zumda kelgan mashhurlik va paparatssilarning doimiy ta’qibiga qizning asablari dosh bermadi. 2000-yillarning boshlarida Nikol anoreksiyadan aziyat chekdi. Shundan keyin u vazn bilan bog‘liq muammolar sog‘lig‘iga katta ta’sir qilishini tushundi. Richiga hammasini o‘z joyiga qo‘yish va sog‘lom qomatga kelish uchun ikki yil kerak bo‘ldi.

Bugungi kunda Nikol ikki farzandning onasi va nozik qomat egasi, ammo uni “qoqsuyak” deb tanqid qilishadi. Richining so‘zlariga ko‘ra, uning hozirgi vazni norma bo‘lib, bu unga o‘zini ham go‘zal, ham sog‘lom his qilish imkonini beradi.

Ledi Gaga

Foto: Getty Images

Gaga haddan tashqari ozg‘inlikdan aziyat chekmaydi. Aksincha, qo‘shiqchining vazni tez-tez o‘zgarib, uni turli bahslar obyektiga aylantiradi. Biroq 2012-yilda Ledi Gaga intervyusida 15 yoshidan beri anoreksiya va bulimiyadan aziyat chekishini tan oldi. Hozirda barcha muammolar o‘tmishda qolgan, ammo baribir vazn xonanda uchun og‘riqli mavzu bo‘lib qolmoqda. Shu sababli u doimiy ravishda diyetasi va turmush tarzini kuzatib borishga majbur.

Viktoriya Bekxem

Foto: Getty Images

Ko‘pchilik Viktoriyaning vazn yo‘qotish ishtiyoqi haqida eshitgan. Korsetlar, qattiq dieta, sport zalida uzoq vaqt ishlash — bularning hammasi faqat eng kichik kiyim o‘lchamini kiyish uchun. Ko‘plab mashhurlar bilan sodir bo‘lganidek, prodyuserning beparvo maslahati bilan boshlandi. Spice Girls guruhida xonanda ekanida mashhurligini oshirish uchun qizga bir necha o‘n kilogramm yo‘qotish tavsiya qilinadi. Bekxem bu maslahatni o‘zining odatdagi puxtaligi va jiddiyligi bilan qabul qiladi.

O‘shandan beri Vikki qattiq dietada bo‘lib, sobiq qo‘shiqchi, hozir esa taniqli dizayner qayerga bormasin shaxsiy oshpazini olib yuradi. Bugungi kunda Viktoriya to‘g‘ri va tananing ehtiyojlariga mos ravishda ovqatlanishni o‘rgandi. Biroq uning ozg‘in qomati hali ham ko‘plab dietologlar uchun savollar tug‘diradi.

Anjelina Joli

Foto: Getty Images

Aktrisa sog‘lig‘ida juda ko‘p muammolarga duch keldi. 2007-yilda onasining vafotidan so‘ng Joli juda tez ozib ketadi. Sevimli insonining o‘limi Joliga qattiq ta’sir qiladi, u ovqatlanmay qo‘yadi va juda oz uxlaydi. O‘shanda OAV aktrisani haddan tashqari ozg‘inlikni targ‘ib qilishda ayblab, uni muhokama obyektiga aylantirishadi. Bunga javoban Joli hayotining bunday og‘ir davrida unga tegmaslikni va hech bo‘lmaganda bir muddat oilasini yolg‘iz qoldirishni iltimos qiladi. Hissiy va psixologik muammolar ko‘pincha anoreksiyaga olib keladi. Joliga asta-sekin sog‘lig‘ini tiklash uchun bir yil kerak bo‘ldi.

Tara Rid

Foto: Getty Images

“Amerikancha pirog” yulduzi Tara Rid, afsuski, aktrisalik iste’dodi bilan emas, balki shov-shuvli paparatssi fotosuratlari bilan mashhur. O‘ta ozg‘inlik va plastik jarrohning muvaffaqiyatsiz ishi sog‘lom go‘zal qizni parhezning anti-reklamasiga aylantirdi. Zararli odatlar, quyoshda haddan tashqari ko‘p toblanish va tashqi ko‘rinishdagi har xil o‘zgarishlar aktrisani anoreksiyaga olib keldi. Ammo aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining qomatidan to‘liq qoniqadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »