Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sabab bo‘lgan dori sifatida qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha sud davom etmoqda. Sudning navbatdagi majlisida so‘roq qilingan ayblanuvchilardan biri N.M. ismli ayol tergov jarayonida unga ruhiy bosim bo‘lganini aytdi. Bu haqda sud majlisida ishtirok etgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Sudning 18-avgust kuni davom etgan majlisida dastlab M.N. ismli ayol so‘roq qilingan.

Sud tergovi davomida sudlanuvchi tergovdagi ko‘rsatuvlariga to‘g‘ri kelmaydigan, dastlabki ko‘rsatuvlarini rad etuvchi maʼlumotlar bergach, raislik etuvchi Muso Yusupov sudlanuvchiga “Tergovdagi dastlabki ko‘rsatuvlaringiz hozirgi gaplaringizga to‘g‘ri kelmayapti, bir-birini inkor etmoqda, tergovdagi ko‘rsatmalaringizni tasdiqlaysizmi? Tergov jarayonida Sizga hech qanday tazyiq o‘tkazilmaganmi?”, deb so‘radi. Sudlanuvchi savolga javob berar ekan “Bunaqa tergovda birinchi marta ishtirok etishim, qiynoq bo‘lib qiynoqmas, do‘q urishlar bo‘ldi”, dedi. Sudya esa “Sizni haqorat qilishdimi? Aniqroq ayting”, dedi.

Foto: “Daryo”

Sudlanuvchining qo‘shimcha qilishicha, tergov jarayonida unga tergovchilar tomonidan emas, tezkor xizmat vakillari tomonidan qo‘pol munosabat bo‘lgan.

“Ayol kishi uchun baqir-chaqirlar ham ruhiy bosim”, — deydi sudlanuvchi.

Sudya mazkur holatga munosabat bildirar ekan, “Advokatingiz bilan kelishib, bir to‘xtamga keling, va bu haqda sudga bildiring, agar tergovda menga tazyiq o‘tkazilgan deb hisoblasangiz, biz buni o‘rganamiz”, — dedi.

Foto: “Daryo”

Sudya shuningdek, sudlanuvchi M.N. va hindistonlik sudlanuvchi S.R.P.ning advokati bir kishi ekanligini (Davron Ahmadov), ularning ko‘rsatuvlarida qarama-qarshilik borligini aytib, M.N.ga advokatni o‘zgartirishni taklif qildi. Agar u advokatini o‘zgartirmasa, advokat Davron Ahmadovni uni himoya qilishdan chetlatib, davlat hisobidan advokat bilan taʼminlashini maʼlum qildi. Sudlanuvchi o‘z advokatini o‘zgartirishga rozi bo‘ldi. Shu sababli uning so‘rog‘i yangi advokat ishga kirishguncha to‘xtatildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »