Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘arbiy Afrika mamlakatlari Iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) qo‘mondonlari Nigerdagi davlat to‘ntarishi tufayli mamlakatga ehtimoliy bostirib kirish sanasini kelishib oldi. Bu haqda 18-avgust kuni Reuters xabar berdi.

Foto: Wikimedia

Qayd etilishicha, bunday qaror Gana poytaxti Akkrida ikki kunlik uchrashuvlar yakunida qabul qilingan. 

ECOWAS yig‘ilishida Nigerda demokratiyani tiklash uchun ehtimoliy aralashuv muhokama qilingan. Akkra shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ishtirokchilaridan biri agar diplomatik saʼy-harakatlar natija bermasa, qurolli kuch ishlatish talab qilinishi mumkinligini aytdi. Ammo kelishilgan hujum sanasini oshkor qilmadi.

O‘z navbatida, ECOWAS’ning siyosiy masalalar va xavfsizlik bo‘yicha departamenti rahbari Abdul-Fatu Musso aralashish buyrug‘ini zudlik bilan bajarishga tayyorligini ta’kidladi. Ittifoqchi davlatlar sammitida ehtimoliy operatsiya rejalari va sharoitlari batafsil muhokama qilingan, biroq Niger hukumati bilan tinchlik kelishuviga erishish uchun hali ham umid borligi ta’kidlangan, chunki “muzokaralar uchun eshiklar ochiqligicha qolmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, 26-iyul kuni Niger prezidenti Muhammad Bazum o‘z qo‘riqchilari tomonidan hibsga olindi va hokimiyatdan chetlashtirildi.

Armiya generali Abdurahmon Tchiani mamlakatning yangi rahbari deb e’lon qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »