Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlar va internetning boshqa zavqlari haqida turlicha munosabatda bo‘lishimiz mumkin, lekin ko‘pchiligimiz mem va emojilar nima ekanligini bilamiz. Ammo aktyor Killian Merfi uning shaxsi haqidagi virusli hikoyalar tarmoqda aylanib yurganini bilmaydi, emoji ma’nolarini tushunmaydi, TikTok nima ekanligini hatto taxmin ham qilolmaydi. Shunga qaramay, u juda baxtli hayot kechirmoqda.

Killian bolaligida aktyor bo‘lishni orzu qilmagan

Foto: Legion Media

Merfi katta bo‘lganida kim bo‘lishni xohlayotganini bilmasa ham, lekin bir narsani aniq bilardi: u o‘qituvchi bo‘lmaydi. Uning onasi fransuz tilidan, otasi esa maktab o‘quvchilariga matematika va irland tilidan dars bergan.

Ayrim amaki va xolalarining ishi ham ta’lim tizimi bilan bog‘liq edi. Killian tarbiyasi og‘ir bola emasdi, juda yaxshi o‘qirdi, lekin maktabdagi darslaridan keyin har kuni ota-onasi unga qo‘shimcha dars o‘tardi. Shuning uchun o‘qish uning joniga tekkandi.

Foto: Legion Media

Ammo Killianning musiqaga ishtiyoqi baland edi. Gitara chalish va qo‘shiq yozish uni maktabda doim his qiladigan bosimdan qutqaradi — ukasi Paidi bilan birgalikda hatto musiqiy guruh tuzishadi.

Bir musiqa kompaniyasi ularga 5 ta albom chiqarish uchun shartnoma taklif qiladi, ammo Paidi hali voyaga yetmagani va maktabga borganligi sababli Merfining ota-onasi shartnomani imzolamaydi. Hozir esa Killian o‘shanda shunday bo‘lganidan xursand. Musiqa biznesi qiyin, Merfi va Paidi unda yo‘q bo‘lib ketishi aniq edi.

U bir umrlik sevgisini teatrda topdi

Foto: Legion Media

Killian 16-17 yoshida teatrga qiziqa boshlagan bo‘lsa-da, ota-onasining maslahati bilan maktabni tugatgach, yuridik fakultetga o‘qishga kiradi. Lekin tezda o‘qishdan hafsalasi pir bo‘ladi va institutni tashlab ketadi. Taxminan bir vaqtning o‘zida unga professional teatrdagi spektakllarning biridan rol taklif qilishadi.

Spektakl bor-yo‘g‘i 4 oy davom etishi kerak edi, ammo kutilmaganda u haqiqiy xitga aylandi. Truppa dastlab Edinburgda o‘ynaydi, keyin Londonda namoyish etiladi, va nihoyat jahon gastrollariga chiqadi.

Foto: Legion Media

Rassom Ivonn MakGinness ham teatr bilan gastrol safariga chiqadi. Keyinchalik Merfi bu safar uning uchun hayotidagi eng muhim bosqich ekanligini tan oladi. O‘shanda u hozirgacha qadrdon do‘stlari bo‘lgan odamlar bilan uchrashadi va Ivonni sevib qoladi. Killianning ishonch bilan aytishicha, xotinining yordamisiz u aktyorlik karyerasida bunday yuksaklikka erisha olmagan bo‘lardi.

Foto: Legion Media

Yoshlar 2004-yilda turmush quradi. Keyingi yili Merfi “Archagulni silkitgan shamol” dramasida rol o‘ynaydi. Aktyor ushbu filmni o‘zgacha zavq bilan eslaydi, chunki suratga olish ishlari Irlandiyada bo‘lib o‘tgan, shuning uchun u ko‘p vaqtini rafiqasi bilan o‘tkazishi mumkin edi. O‘sha paytda Ivonn homilador edi — suratga olishdan bo‘sh vaqtlari er-xotin Kork tepaliklarida sayr qilishardi. 2005-yilda ularning birinchi farzandi — Malachi, ikki yildan so‘ng ikkinchi o‘g‘li — Aran tug‘iladi.

U hech qachon shon-shuhratni orzu qilmagan va maoshidan uyalgan

Foto: Legion Media

Killian hech qachon uning shaxsiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganiga quvonmagan. U odatda shaxsiy hayoti haqida gapirmaslikka harakat qiladi. Aktyor intervyu davomida ijod, filmlar, kitoblar, hamma narsani muhokama qilishga tayyor, eng muhimi, uning shaxsi yoki oilasi haqida so‘rashmasa bo‘ldi. U va rafiqasi kamdan kam hollarda omma oldida ko‘rinish beradi, ularning birgalikdagi fotosuratlarini esa barmoq bilan sanash mumkin. Merfi bo‘sh vaqtida oddiy hayot kechirishni, do‘konga borishni, iti bilan sayr qilishni, xotini bilan ovqat pishirishni va o‘g‘illari bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radi.

Foto: Legion Media

U muxlislar bilan juda do‘stona munosabatda bo‘ladi, lekin notanishlar uni suratga olishga harakat qilishlarini yomon ko‘radi. Killianning fikriga ko‘ra, bu uning shaxsiy makonini qo‘pol ravishda buzishdir. Uning fikricha, tomoshabinni Killianning o‘zi emas, balki birinchi navbatda uning qahramonlari qiziqtirishi kerak.

Foto: Legion Media

Kamtar Merfi katta miqdordagi gonoraridan xijolat tortadi. U mehnati uchun munosib pul olishdan mamnunligini yashirmaydi va o‘zini haqiqatan ham omadli odam deb biladi. Ammo bundanda muhimroq ishlarni bajaradigan boshqa odamlar — shifokorlar, hamshiralar, o‘qituvchilar bunday daromad bilan maqtana olmaydi. Va u buni adolatsizlik deb hisoblaydi.

Merfi va uning oilasi Londondan ketishga qaror qilishadi

Foto: Legion Media

14 yildan ortiq vaqt davomida Killian va Ivonn farzandlari tug‘ilgan Londonda yashadi. Ammo 2015-yilda oila Irlandiyaga qaytishga qaror qildi. Aktyor bunga asosiy sabab o‘g‘illari ekanini tan oladi. Merfi Londondagi hayotdan zavqlanadi, kino biznesidan ham uzoqlashishga harakat qilmaydi.

U shunchaki bolalarining irland bo‘lib o‘sishini xohlaydi — ulardagi britancha aksentni eshitganda, uyga qaytish vaqti kelganini angladi. Bundan tashqari, Killianning ota-onasi o‘g‘li va kelinining yordamiga qarab qolgan yoshga yetgan.

Foto: Legion Media

Ularning Irlandiyadagi uyi internetga ulanmagan va Merfining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘illari bundan umuman xafa emas. Uning fikricha, bugungi kun bolalari doimo o‘zgarib turadigan dunyoda ulg‘ayishlari oson emas. Global tarmoq esa bu jarayonda umuman yordam bermaydi. Ota-bolalar bo‘sh vaqtlarida odatda kino tomosha qilishadi.

Shu bilan birga, ular otalarining aktyorlik ishlarini umuman yoqtirmaydi. Killian esa bolalari uning kasbiga qiziqmaganidan xursand. Uning fikricha, kino olamidagi shov-shuvlarning barchasi bema’nilikdan iborat.

Foto: Legion Media

Killian ijtimoiy tarmoqlarga ham xuddi shunday e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘ladi, uning shu vaqtgacha bitta ham akkaunti bo‘lmagan. Merfi ularda hech qanday ma’no ko‘rmaydi va mashhurligiga e’tibor bermaslikni afzal ko‘radi. Bundan tashqari, unga o‘zi haqida ko‘p gapirish odobsizdek tuyuladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »