Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nigerda isyonchi harbiylar tomonidan tayinlangan bosh vazir Ali Mahaman Lamin Zeynning aytishicha, mamlakat Rossiya yoki “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmayapti. Bundan tashqari, Zeyn qator sohalarda hamkorlik tugatilganiga qaramay, Fransiyaning mamlakatdan chiqib ketishiga qarshi.

Ali Mahaman Lamin Zeyn
Foto: AP Photo

Zeyn bu haqda The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytgan. U Niger harbiylarining Rossiya yoki “Vagner” bilan hamkorlik qilish niyati yo‘qligini ta’kidlagan.

“Nigerliklarni istalmagan sheriklar tomon undamang”, — deya bosh vazirdan iqtibos keltiradi NYT.

Zeyn fransuz rasmiylarini takabburlikda aybladi, ammo u Fransiya Nigerda qolishini istamoqda.

 “Biz Fransiya universitetlarida, ofitserlarimiz esa Fransiyada malaka oshirgan. Biz shunchaki hurmat qilishlarini istaymiz”, — deya tushuntirdi u.

NYT Zeynning hamma gaplarini keltirmagan, u qaysi kontekstda Fransiya haqida gapirayotgani noma’lum. Gazeta faqatgina Nigerda 1,5 ming fransuz askari qolayotganini ta’kidladi, ular isyonchilar talabiga qaramay, mamlakatni tark etishdan bosh tortgan.

Bundan tashqari, Zeynning fikricha, kelajakda AQSH bilan harbiy hamkorlikka baho beriladigan vaqt keladi. Biroq u Oq uyning mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqiruvchi “o‘ta oqilona pozitsiyasini” olqishladi.

Zeyn Niger prezidentiga zarar yetmasligini va’da qildi

Bosh vazir isyonchilar hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Muhammad Bazumga zarar yetkazishni rejalashtirmaganini da’vo qilmoqda. Zeyn Nigerda “zo‘ravonlik an’anasi” yo‘qligini ta’kidladi. The New York Times esa 1999-yilda Niger prezidenti harbiylar tomonidan o‘ldirilganini eslatib o‘tdi.

Isyonchilar “Vagner”ga yordam so‘rab murojaat qilgani haqida Associated Press manbalari xabar bergandi. AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Nigerga tashrifi chog‘ida, harbiylarni “Vagner” yollanma askarlarining mamlakatda paydo bo‘lishidan kelib chiqadigan xavflar haqida ogohlantirgan.

Nulandning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar agar “Vagner” askarlari mamlakatga taklif qilinsa, suverenitetga xavf tug‘dirishini yaxshi tushunayotgandek ko‘ringan.

Fransiya sobiq mustamlakasi bo‘lgan Niger G‘arb davlatlarining Saheldagi so‘nggi ittifoqchilaridan biri bo‘lib kelayotgandi. Harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakatda Fransiya kontingentiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Hokimiyatni egallab olgan harbiylar Parij bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »