Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlari Chernigov markaziga hujum qildi, deb xabar bermoqda viloyat ma’muriyati rahbari Vyacheslav Chaus.

Foto: Telegram

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shaharga ballistik raketa uchirilgan. “Suspilnye Chernigov”ning voqea joyidagi muxbiriga tayanib yozishicha, zarbalar oqibatida qurbonlar va yaralanganlar bor.

“Truxa-Ukraina” Telegram kanali xabariga ko‘ra, drama teatri binosiga zarba berilgan, u yerda dron ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgandi.

Foto: Telegram

OAV zarbalar oqibatida olti kishi halok bo‘lgani, 11 kishi yaralangani haqida yozmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Chernigovga berilgan zarbaga munosabat bildirdi.

“Terrorchi davlat bilan qo‘shnichilik mana shu, biz butun dunyoni bunga qarshi birlashtirmoqchimiz. Rossiya raketasi shaharning to‘g‘ridan to‘g‘ri markaziga tushdi. Rossiya og‘riq va yo‘qotishlar kuniga aylantirgan odatiy shanba. O‘lganlar bor, yaradorlar bor”, — deb yozgan Zelenskiy.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »