Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishidagi “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari 4 oy muddatga yopiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, ushbu bekatlar qariyb 3 yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, yerosti metro tunnellari va bekatlari ma’lum muddat ekspluatatsiya qilinganidan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.

Shu munosabat bilan Yunusobod yo‘nalishining “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari 2023-yil 26-avgust sanasidan boshlab 4 oy muddatga yopiladi va bu muddat davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun Yunusobod yo‘nalishining I bosqichi 2001-yilda ishga tushirilganidan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish uchun 2002-yil, 3 oy muddatga yopilgan.

Shuningdek, poyezdlar harakati “Shahriston” va “Mingo‘rik” bekatlari oralig‘ida odatiy tarzda harakatlanishi davom etadi va bu yo‘nalishda poyezdlar harakati oraliq vaqti (interval) 5 daqiqagacha qisqartiriladi.

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Turkiston”—“Yunusobod”—“Shahriston” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 06:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshiriladi.

“Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishidagi yangi “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari ishga tushishi bilan yangi 124 ta ish o‘rni yaratilgan edi. 2001-yilda qurilishi boshlanib to‘xtatilgan loyiha 1990-yillarda “Mingo‘rik”, “Bodomzor”, “Shahriston” bekatlari qurilgach, 200 metr masofadan so‘ng yerusti suvlari baland bo‘lgani sababli eski texnologiyalarning kuchi yetmasligi natijasida qurilish to‘xtatilgan. Biroq metro yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-noyabrdagi qaroriga muvofiq 2017-yilning yanvar oyida boshlangan edi. Germaniyadan xarid qilingan yangi uskuna yerosti suvlariga bardoshli sanalib, suvli joydan temir-beton tyubing qo‘yish orqali o‘tilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »