Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy harbiylari Tayvan atrofida havo va dengizdan qo‘shma patrullik mashg‘ulotlarini boshladi. Pekin ushbu mashqlarni “separatistlarni xorijiy unsurlar bilan til biriktirish” oqibatlaridan qattiq ogohlantirish deb atadi.

Foto: Freepik
“Mashg‘ulotlar harbiy kemalar va samolyotlarning muvofiqlashuvi hamda ularning havo va dengizdagi pozitsiyalarni egallab olish qobiliyatini sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan”, — dedi Sharqiy harbiy harakatlar qo‘mondonligi vakili Shi I.

Shining aytishicha, mashg‘ulotlar harbiylarning haqiqiy jangovar sharoitlarda jang qilish qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi.

“Patrullik va mashg‘ulotlar ‘Tayvan mustaqilligi’ separatistlari va xorijiy unsurlar o‘rtasida til biriktirish, shuningdek, ularning provokatsiyalaridan qattiq ogohlantirish bo‘lib xizmat qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi qo‘mondonlik vakili.

Xitoy Tayvanni o‘z provinsiyasi deb biladi. AQSH Xitoyning Tayvan ustidan suverenitetini rasman tan olgan, biroq Pekin orolni kuch bilan egallashga qaror qilsa, Vashington bunga yo‘l qo‘ymasligidan ogohlantirgan.

Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin armiyani “urushga tayyorlanishga” chaqirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »