Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Energetika vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi xodimlari va Isroil Elektrik kompaniyasi (IEK) bosh direktorining o‘rinbosarlari Isxak Balmas va Tamar Fekler bilan onlayn uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 1923-yilda tashkil etilgan IEKning 99 foiz ulushi Isroil hukumatiga tegishli. Hozirda Isroilning 75 foiz elektr energiyasi ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqariladi.

Bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida elektr ishlab chiqarish va uni isteʼmolchiga yetkazib berishga masʼul tuzilmalar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, Isroilning ilg‘or tajribasini respublikaga jalb qilish hamda ushbu mamlakatga eksport nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Isroil tomoniga O‘zbekiston energetika sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi hamda respublika elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Isroil energetika vazirliklari o‘rtasida muloqotlarni hamda ikki mamlakat soha mutaxassislarining onlayn uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini Isroil bozoriga eksport qilish maqsadida respublika korxonalarining tegishli tenderlarda qatnashishini taʼminlash masalalari to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »