Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish qonunga ko‘ra qat’iy jazolanadi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi daraxtlarni kesish natijasida yetkazilgan zarar miqdori qanday aniqlanishi haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan bunday huquqbuzarliklar uchun yetkazilgan zararni undirish miqdorlari belgilangan. Yetkazilgan zarar summalari bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) belgilangan  koeffitsiyentga (miqdor) nisbati bilan hisoblanadi.

Jumladan:

  • yo‘q qilingan yoki o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlangan har bir daraxtning tanasi yer bilan tutashgan joyidan o‘lchangan diametriga nisbatan 1 va undan ortiq;
  • noqonuniy kesilgan saksovul, cherkez, qandim, yulg‘un va boshqa yovvoyi holda o‘suvchi butalar hajmiga nisbatan, har 1 m3 uchun 3 va 14;
  • o‘sishdan to‘xtamaydigan darajasigacha shikast yetkazilgan har bir daraxt va buta soniga nisbatan 1 dan 4 koeffitsiyentlargacha belgilangan.

Bunda yo‘q qilingan, shikastlangan yoki o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlangan har bir daraxtning kam qiymatliligi yoki qimmatbaho navligi va 100 yoshdan oshgan yoki oshmagani inobatga olinadi.

Masalan, bir dona 100 yoshga to‘lmagan pavloniya daraxti o‘sishdan to‘xtash darajasida kesildi. Bunda daraxtning yer bilan tutash qismi (tanasining) aylanma uzunligi 65 sm, ya’ni diametri 20,7 sm ni tashkil etdi. Pavloniya daraxti qimmatbaho navli daraxt hisoblangan. Bu holatda zarar miqdorini hisoblash  koeffitsiyenti 25 ni tashkil etadi:

  • zarar = 25 x BHM = 25 x 330 000 so‘m = 8 250 000 so‘m
  • moratoriy davr uchun = zarar x 2 = 8 250 000 x 2 = 16 500 000 so‘m

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy davrida daraxtlar va butalarga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalar qimmatbaho navlarining ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »