Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni Budapesht shahriga tashrifi doirasida Yevropaning yetakchi “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Vengriya ishbilarmonlari bilan hamkorlikdagi birinchi yirik loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgani – “OTP” banki O‘zbekiston bozoriga kirganini qayd etdi. “Ipoteka bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim muvaffaqiyatli amalga oshirilgani xorijiy investorlarga muhim ishora bo‘lgani va ularning mamlakatga qiziqishini oshirgani qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bank-moliya sohasini rivojlantirish, shu jumladan xizmatlar sifatini oshirish, eng avvalo, biznes uchun innovatsion va arzon mahsulotlarni joriy etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor tarmoqlardagi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishning samarali moliyaviy vositalarini tez fursatda ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.

Bank rahbari Shandor Chani Vengriya kompaniyalari o‘z investitsiyaviy faoliyatini kengaytirishiga yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston yetakchisiga minnatdorlik bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »