Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentning Yashnobod tumanidagi 149-maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bunga munosabat bildirdi.

Foto: Telegram

Unda aytilishicha, maktab ma’muriyati 2023/2024-o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim muassasasi atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida o‘qituvchilar bilan kelishgan holda 17-avgustda “Obodonlashtirish kuni”ni uyushtirgan. Unda barcha pedagoglar va texnik xodimlar ko‘ngilli ravishda faol ishtirok etib, maktab atrofini orasta va saranjom-sarishta bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shgan.

Afsuski, maktabda “Obodonlashtirish oyligi” doirasida tashkil qilingan mazkur xayrli tadbir ijtimoiy tarmoq sahifalarida noto‘g‘ri talqin qilingan, xolos, deyiladi munosabatda.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bosh vazirning 2023-yil 20-iyulda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlariga muvofiq, Mustaqillikning 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarining holatini yaxshilash, “mahalladan xonadongacha” tamoyili asosida joriy yilning 30-iyuldan 30-avgustiga qadar “Obodonlashtirish oyligi”ni o‘tkazish belgilanganini ham eslatib o‘tgan.

“Obodonlashtirish oyligi” doirasida shahar mahallalari hududlarini obodonlashtirish, shahar hududida tozalash ishlarini amalga oshirish, korxona va tashkilotlar hududlarini, ko‘p kvartirali uylarning, savdo obyektlarining atrofini, bozorlar, magistral ko‘chalar va boshqa turdagi obyektlar hududlarini obod qilish ko‘zda tutilgan.

Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi ushbu maktabdagi holatni o‘z nazoratga olganini, o‘rganishlar natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qildi.

Izoh

Anvar Imomov

20.08.2023, 14:34

ишга солишаяпт. Ўзлари ишлаб ризқ топаётган даргоҳни озодалигига, саранжом саришталигига ўзларининг озгина бўлса ҳам ҳиссаларини қўшсалар, буни нимаси ёмон. Озгина инсоф қилиш керак, азиз негативчилар.

Anvar Imomov

20.08.2023, 14:30

Минг афсуски, ҳукуматнинг мажбурий меҳнатга қарши туриш позициясинидан айрим пашшадан фил ясовчилар оммада нотўғри фикр шаклланиши учун бор "имкониятларини"

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »