Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy kompaniyalari Rossiyaga dronlar, vertolyotlar, nishonga olish moslamalari va butlovchi qismlar yubordi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Foto: The Telegraph

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, raketa otish moslamalari, zirhli transport vositalari va strategik bombardimonchi samolyotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Rossiya kompaniyalari 2023-yilning birinchi choragida Xitoydan o‘n minglab tovarlar olgan. Bu kompaniyalarning deyarli hammasiga sanksiya qo‘llangan. 

Bu  Xitoy konfliktga barham berishga qaratilgan muzokaralarda o‘zini asosiy tinchlik vositachisi sifatida ko‘rsatishga urinayotgan bir paytda yuz bermoqda.

“Xitoy firmalari Rossiyaga 1000 ta dron, oltita vertolyot, optik nishonlar, qurol ishlab chiqarish uchun titan qotishmasidan tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek, samolyotlar uchun qismlar, jumladan, harbiylar uchun ehtiyot qismlar yetkazib berdi.
Tovarlarni qabul qiluvchilar orasida milliy gvardiya, Rossiya Ichki ishlar vazirligi, “Rostex”, “Tupolev” kompaniyasi va boshqa Rossiya tuzilmalari bor”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Xitoyning boshqa mamlakatlarga eksporti kamaygani fonida, Rossiyaga bilan eksport 2023-yil 200 milliard dollardan oshib, yangi rekord o‘rnatishi mumkin.

Umuman olganda, Xitoyning potensial harbiy tovarlar eksporti oldingi davrga nisbatan 12 oy ichida uch barobardan ko‘proqqa oshgani aytilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »