Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH fuqarolarini zudlik bilan Belarusni tark etishga chaqirdi. Bunga Litva tomonidan ikkita chegara o‘tish punktining yopilishi sabab bo‘ldi. Bu haqda AQSHning Belarusdagi elchixonasi xabar berdi.

Foto: Sputnik

Litva hukumati 18-avgust kuni Belarus bilan ikkita chegara punktlarini yopdi. Hozirda to‘rtta chegara o‘tish punktlari ochiq:

  1. Lavorishkes/Kotlova;
  2. Myadininkay/Kamenniy;
  3. Raygardas/Privalka;
  4. Shalchininkay/Benyakoni.

Polsha, Litva va Latviya hukumatlari Belarus bilan chegara punktlari yopilishi mumkinligini aytdi.

“Belarusdagi AQSH fuqarolari zudlik bilan mamlakatni tark etishi kerak. Litva va Latviya bilan qolgan ochiq chegara o‘tish punktlari orqali yoki samolyotda chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqing. AQSH fuqarolariga Belarusdan quruqlik orqali Polshaga kirishga ruxsat berilmaydi. Siz Rossiya yoki Ukrainaga bormasligingiz kerak”, deyiladi AQSH elchixonasi murojaatida.

Shuningdek, elchixona amerikaliklarni Belarusga borishdan tiyilishga chaqirgan.

“Belarus hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarshi asossiz hujumiga yordam berishda davom etayotgani, Rossiya Belarusda harbiy mavjudligini kuchaytirishi, tartibsizliklar ehtimoli, hibsga olish xavfi va elchixonaning AQSH fuqarolariga yordam ko‘rsatish imkoniyati cheklangani tufayli Belarusga bormang”, — deyiladi murojaatda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »