Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Rossiyaning Belgorod viloyatini NATO aʼzoligiga almashtirishga tayyor, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan Skridstrup aviabazasiga tashrifi chog‘ida o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida.

“Biz Ukrainaning NATOga kirishi evaziga Belgorodni almashtirishga tayyormiz”, — dedi Zelenskiy alyansga a’zo bo‘lish uchun Ukraina o‘z hududidan voz kechadimi, degan savolga javoban.

Ukraina rahbari Daniyadan avval Niderlandiyaga tashrifi chog‘ida ham Ukraina hududlarini “biror nimaga almashish” ehtimolini rad etgandi.

“Bizda bitta hujjat bor, tinchlik formulasi bor, tilagimiz bitta —  tinchlik. Uni qanday tasavvur qilsak, (formulani) shunday shakllantirdik, hamkasblar bilan ochiq muhokamaga tayyormiz. Qancha ko‘p bo‘lsa, dunyo uchun, dunyo davlatlarining bir tarafda bo‘lishi uchun shuncha yaxshi. Ukrainaning hududiy yaxlitligi to‘liq tiklanadigan adolatli tinchlik tarafida”, — dedi u Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

NATOga kirish uchun Ukraina hududidan voz kechish haqidagi taklif

Vladimir Zelenskiy 2022-yil sentabr oyi oxirida Ukrainaning NATOga tezlashtirilgan tartibda kirishi uchun ariza topshirgan. 2023-yil iyulida NATOning Vilnyusdagi sammitida alyans a’zolari Ukrainaning harbiy-siyosiy blokka kirish jarayonini soddalashtirishga kelishib oldi, G7 davlatlari esa Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha bayonot qabul qildi.

Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi sekin kechayotgani fonida, ayrim G‘arb tahlilchilari va ommaviy axborot vositalari Ukraina tinchlikka erishish uchun NATOga qo‘shilish evaziga Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarning bir qismidan voz kechishi kerakligi haqida gapira boshladi. Xususan, bunday taklifni NATO bosh kotibi idorasi rahbari Stian Yenssen bildirgan.

Zelenskiy ofisi Ukraina NATOga aʼzo bo‘lish uchun hududlarini almashmasligini ma’lum qildi. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mazkur taklifni “qiziq g‘oya” deb atadi va Ukrainaning “bahsli hududlariga Kiyev ham kirishini” aytdi.

Keyinchalik Yenssen gaplari xato ekanini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »