Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ispaniyalik aktyor Antonio Banderas 10-avgust kuni 63 yoshga to‘ldi. O‘zining qirq yillik faoliyati davomida Banderas rejissor Pedro Almodovarning ispan tilidagi kichik loyihalaridan Gollivud va Yevropaning yirik filmlarida ham o‘z imzosini qoldirdi.

Antonio Banderas — bu mashhurlikka eltgan taxallus

Foto: Legion Media

Bo‘lajak aktyor 1960-yil 10-avgustda Ispaniyaning Malaga shahrida fuqarolik gvardiyasi zobiti Xose Dominges Prieto va maktab o‘qituvchisi Anna Bandera Gallego oilasida tug‘ilgan. Bolaning ismi Xose Antonio edi, lekin yoshligida yigit “Antonio Abaskal” taxallusini ishlata boshlaydi, keyinchalik onasining familiyasini oladi (Bandera) va unga “s” harfini qo‘shadi. Shunday qilib, bir necha o‘n yilliklardan keyin butun dunyoga mashhur bo‘ladigan ism paydo bo‘ladi — Antonio Banderas.

Antonio Banderas mashhur futbolchi bo‘lishi mumkin edi

Foto: Legion Media

Bolaligida Antonio o‘qishga unchalik qiziqmagan, bo‘sh vaqtini futbol o‘ynab o‘tkazgan. U ko‘plab andalusiyalik yigitlar singari mahalliy “Malaga” jamoasini qo‘llab-quvvatlagan va o‘zining sport kumirlari izidan borishni xohlagan.

Yigit hattoki professional futboldagi ilk qadamlarini tashlashga urinadi, biroq oyog‘i singanligi sababli bu orzusidan voz kechishga majbur bo‘ladi.

Antonio teatr tomoshasini ko‘rgandan so‘ng san’atga ishtiyoq paydo bo‘ladi

Foto: Legion Media

Bolakay uzoq vaqt hobbisiz qolmaydi: 1974-yilda 14 yoshli Banderas uning ichki dunyosini butunlay o‘zgartirgan “Soch” teatrlashtirilgan spektaklini ko‘radi. Spektakl Vyetnam urushi fonida sodir bo‘lgan yosh hippilarning hayoti haqida edi. Banderas o‘sha oqshom ko‘rganidan shunchalik hayratda qoladiki, o‘z oldiga yangi maqsad qo‘yadi — u o‘zini sahnada sinab ko‘rishi kerak.

Antonio Banderasning teatrdagi birinchi qadamlari muvaffaqiyatsiz tugaydi

Foto: Legion Media

Mahalliy teatr truppasiga qo‘shilib, yosh Antonio spektakllarda ishtiyoq bilan ishtirok etadi. Biroq uning hamkasblari, do‘stlari va hatto ota-onasi uning sevimli mashg‘ulotini vaqt o‘tishi bilan boshqa, unga mos keladigan kasbga bo‘shatib beradigan sevimli mashg‘ulot sifatida qabul qilishadi. Bundan tashqari, Banderas juda katta bayramlarda sahnaga chiqmasdi, y hali mahoratli aktyor sanalmasdi. Shuning uchun u boshqa ishlarni bajarishi kerak edi: yoritish uskunlarini sozlash, dekoratsiya yaratish va grimyorlariga yordam berish.

Banderas Fransisko Franko rejimi qulagandan keyin poytaxtni zabt etishga qaroq qiladi

Foto: Legion Media

Antonio boshqalarning fikriga e’tibor bermasdi: u Malaga milliy dramatik san’at maktabiga o‘qishga kirib, kelajagini aktyorlik sohasi bilan bog‘lashga qaror qiladi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng u Madridni zabt etishga va poytaxt sahnasida karyera qurishga yo‘l oladi — diktator Franko vafotidan keyin jamiyatda paydo bo‘lgan erkinlik muhiti yangi nomlar va g‘oyalarni ma’qullardi.

Antonio ispan san’atining demokratik davriga juda mos edi va ko‘plab eksperimental pastonovkalarda qatnashadi. Bu esa iste’dodli aktyorga Milliy teatr truppasiga kirishga imkon beradi, u aynan shu sahnada kelajakdagi faoliyatiga katta ta’sir o‘tkazadigan bosh rejissor — Pedro Almodovar bilan uchrashadi.

Banderas kinodagi debyutini 1982-yilda Almodovarning “Ehtiroslar labirinti” filmida qilgan

Foto: Legion Media

Almodovar Banderasda ulkan iste’dodni ko‘radi va unga ikkinchi to‘liq metrajli asari — “Ehtiroslar labirinti”da rol taklif qiladi. Rejissor “erkin qarashlar davrining shaydosi” va yangi kinoning eng yorqin vakili edi, shuning uchun Banderas tezda rejissorning kichik roliga rozi bo‘ladi.

Loyiha Banderasga mashhurlik keltirmaydi, lekin Almodovar bilan ishlagandan so‘ng, boshqa ispan rejissorlari uni o‘z loyihalariga taklif qila boshlaydilar.

1980-yillarda Banderas Pedro Almodovarning beshta filmida suratga tushadi

Foto: Legion Media

1982-yilda Antonioning kino debyutidan so‘ng, ikki do‘st o‘zlarining samarali hamkorligini davom ettiradi va o‘n yillikning oxirigacha yana to‘rtta film ekranlarga chiqadi. “Matador” Banderasga Ispaniyaning “Goya” milliy mukofotini keltiradi. Undan keyin 1988-yilda Kann kinofestivalini ochgan “Asabiy tushkunlik yoqasidagi ayollar”, “Istak qonuni” va “Meni bog‘la” filmlari chiqadi. So‘nggi film ham Antonioga “Goya” mukofotini olib keladi. Mazkur filmdan keyin Almodovar va Banderas tandemi tanaffusga chiqadi, 20 yildan ortiq birga ishlamaydi.

Antonio Banderas Gollivuddagi karyerasini 1992-yilda boshlaydi

Foto: Legion Media

Pedro Almodovar bilan ishlagandan keyin Banderas mashhur bo‘lib ketadi va Gollivud loyihalariga taklif qilinadi. Ispaniyalik aktyor rol o‘ynagan birinchi Amerika filmi “Mambo qirollari” bo‘lib, u ikki kubalik musiqachi aka-ukalardan birini o‘ynagan. Film tomoshabinlar orasida muvaffaqiyat qozonmaganiga qaramay, Banderasning Gollivuddagi karyerasi to‘xtab qolmaydi. Antonio AQSHda yashash va ishlashga qaror qiladi.

Banderasning Gollivuddagi eng yaxshi yillari XX asrning oxiriga to‘g‘ri keldi

Foto: Legion Media

“Filadelfiya” (1993) filmi ispaniyalik aktyorga Gollivudda o‘z o‘rnini topishiga va keyinchalik mashhur bo‘lgan bir nechta rollarni o‘ynashiga yordam beradi. 1994-yilda Antonio “Vampir bilan intervyu” filmida vampir obrazini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Filmda Bred Pitt va Tom Kruz ham ishtirok etadi.

Banderasning mashhurligi tez sur’atlar bilan o‘sib boradi va Gollivud aktyorining yana bir ustunligidan — ispaniyalik macho obrazini yaratish qobiliyatidan foydalana boshlaydi. Buning yordamida rejissor Robert Rodriges rejissorligidagi “Taptortmas” kult filmi paydo bo‘ladi, keyin esa Antonio Banderasni jahonga tanitgan film — “Zorro niqobi” ekranlarga chiqadi.

Robert Rodriges Banderas faoliyatidagi ikkinchi asosiy rejissor

Foto: Legion Media

Qo‘shma Shtatlarda Almodovarning Banderas karyerasidagi o‘rnini Robert Rodriges egallaydi, u bilan aktyor bir vaqtning o‘zida bir nechta film yaratadi. “Taptortmas”dan keyin ular “To‘rt xona”, o‘smirlar uchun “Josus bolalar” fantastik filmining bir nechta qismlarida va rejissorning “Bir paytlar Meksikada” trilogiyasining yakuniy qismida ishlaydi. O‘n yil o‘tgach, Rodriges va Banderas “Machete o‘ldiradi” filmida hamkorlik qiladi.

Antonio Banderas — ajoyib dublyaj ustasi

Foto: Legion Media

Hech kimga sir emaski, “Shrek”dagi etik kiygan mushuk obrazi ispaniyalik aktyordan ilhomlanib yaratilgan. Animatsion franshizaning ikkinchi qismida Antonio Banderas mushukka shaxsan o‘zi ovoz beradi.

Shundan so‘ng “Etik kiygan mushuk”ning ekranlardagi barcha ko‘rinishlari, xoh u qisqa metrajli film bo‘lsin, xoh “Shrek”ning davomi yoki uning spin-oflari bo‘ladimi, Antonio Banderasning ovozida gapiradi.

2010-yillarda Banderas-Almodovar tandemi yana birlashadi

Foto: Legion Media

Qo‘shma Shtatlarda ispaniyalik aktyorga bo‘lgan talab 2000-yillarning oxiriga kelib asta-sekin pasayadi. Natijada Banderas “B” toifasidagi filmlarga rozi bo‘lishga majbur bo‘ladi.

Bu Pedro Almodovar bilan ijodiy ittifoqning yangilanishiga sabab bo‘ladi. 2010-yillarda Banderas rejissorning uchta filmida rol o‘ynaydi, ularning har biri aktyor faoliyatida toza havodek edi.

Ushbu filmlar orasida tandemning sakkizinchi hamkorlik ishi — Antonio Banderasga uzoq kutilgan birinchi “Oskar” nominatsiyasini olib kelgan “Og‘riq va sharaf” dramasi ajralib turadi. Filmda u ijodiy inqirozni boshidan kechirayotgan qari rejissor obrazini – Almodovarning o‘ziga xos alter egosini yaratadi. Faqat Benderasgagina rejissor bunday muhim personajni ishonib topshirishi mumkin edi.

Antonio Banderas rus kinosida ham rol o‘ynagan

Foto: Legion Media

2017-yilda Banderas zamonaviy rus kinosi yulduzlari — Milosh Bikovich va Lyubov Aksenovalar bilan birgalikda “Haqiqatdan tashqari” rus fantastik filmini suratga olishda ishtirok etadi. Kartina chiqishidan bir yil oldin aktyor yurak xurujiga uchraydi, bu uning hayotga yangicha qarashga majbur qiladi. Antonio sport va sog‘lom ovqatlanishga ko‘proq vaqt ajrata boshlaydi, zararli odatlardan voz kechadi. Bu unga tezda tiklanish va filmlarda rol o‘ynashni davom ettirish imkonini beradi.

Antonio Banderasning sevimli mashg‘uloti — vinochilik va biznes

Foto: Legion Media

Banderasning hayoti va karyerasiga retrospektiv nazar tashlab, uning aktyorlikdagi ilk qadamlarini eslash mumkin, o‘shanda atrofdagilar yosh Antonioning sevimli mashg‘ulotlariga jiddiy e’tibor bermagan. Bir necha o‘n yillar davomida mehnatsevarlik va o‘z muvaffaqiyatiga ishonish yordamida u o‘ziga va boshqalarga kino u uchun shunchaki sevimli mashg‘ulot emas, balki butun hayoti ekanligini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Legion Media

Bundan tashqari, aktyor biznes bilan shug‘ullanishni ham yaxshi ko‘radi — ishlab topgan pulini turli loyihalarga sarmoya qiladi. Banderas ispan uzumzorlariga ega bo‘lib, uning nomi bilan ataladigan sharob ishlab chiqaradi. Shuningdek, aktyor bir necha yil davomida biznesning boshqa turlarida ham o‘zini sinab ko‘rgan — shaxsiy parfyumini yaratgan, restoranlarga egalik qilgan va erkaklar kiyimlari tarmoqlaridan birining dizayneri bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »