Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron parlament komissiyasi hijob to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun jazoni kuchaytirishni ma’qulladi. Bu haqda 21-avgust kuni DW nashri xabar berdi.

Foto: IPA

Keyingi bosqichda yangi qonun Konstitutsiya posbonlari kengashiga — konservativ dindorlardan tashkil topgan nazorat organiga taqdim etiladi.

CNN xabariga ko‘ra, qonun loyihasi 70 ta moddadan iborat bo‘lib, ular orasida hijob o‘rashdan bosh tortgan ayollarga nisbatan ancha kattaroq jarimalar va uzoq muddatli qamoq jazolarini, qonunni buzgan mashhur shaxslar va kompaniyalar uchun esa qattiqroq jazolarni nazarda tutiladi, shuningdek, kiyinish qoidalarini buzganlarni aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalanish belgilab qo‘yiladi.

Hijobdan bosh tortganlik uchun jarima ming baravar oshadi

Eron qonunchiligining amaldagi tahririda kiyinish qoidalarini buzganlik uchun 10 kundan ikki oygacha qamoq yoki 50 000 dan 500 000 Eron rialigacha (1 yevrodan 10 yevrogacha) jarima belgilangan. Yangi qonunlar to‘plami besh yildan o‘n yilgacha qamoq jazosini, shuningdek, 360 million rialgacha (7 800 yevro) jarimani nazarda tutadi.

Hijob haqidagi qonunni kuchaytirish 2022-yilgi norozilik namoyishlariga mamlakat rahbariyatining javobi bo‘ldi. Namoyishlarga hijobini “noto‘g‘ri o‘ragani uchun” hibsga olingan 22 yoshli Mahsa Aminiyning Eron axloq politsiyasi bo‘linmasida vafot etgani sabab bo‘ldi. Mamlakat hukumati norozilik namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirdi, jumladan, bir necha kishi qatl etildi. OAV xabarlariga ko‘ra, norozilik namoyishlari tugaganiga qaramay, ko‘plab ayollar hijob o‘rash talabiga qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda. Bunga javoban rasmiylar bir necha oydan beri choralarni kuchaytirish ustida ishlamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »