Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston 2023-yilning yanvar—iyul oylarida Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini qiymat jihatidan sezilarli darajada qisqartirdi. Bu haqda Xitoy bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: Sputnik

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Xitoyga yetti oy davomida gaz eksporti 41,6 foizga kamaygan. Respublika 295,3 million dollarlik gaz sotgan.

Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazish bo‘yicha yetakchilik qilishda davom etmoqda. Jumladan, mamlakat 5,85 milliard dollarlik gaz sotgan, o‘sish ko‘rsatkichi —10 foiz.

Qozog‘istondan gaz eksporti esa 5,4 foizga pasayib, 614,32 million dollarni tashkil qilmoqda. Mamlakatning Xitoyga qancha gaz yetkazib bergani haqida ma’lumot berilmagan.

Xitoy turkman gazini uchta kon — “Baxtiyorlik”, “Malay” va “Galkinish” (Turkmangaz nazorati ostida)dan oladi.

2009-yilning dekabr oyidan O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidan o‘tadigan gaz quvuri qurilishi tugaganidan so‘ng Xitoyga yetkazib berish amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda gaz quvurining O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali to‘rtinchi tarmog‘ini qurish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Yangi loyiha Turkmanistondan yillik gaz yetkazib berishni hozirgi 40 milliard kubometrdan yiliga 65 milliard kubometrgacha oshirishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »