Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘plab yulduzlar o‘zlarining betakror tashqi ko‘rinishidan faxrlanadilar. Shuning uchun ham tan olingan go‘zallarning ko‘plari o‘zlarining “nomukammalligi”dan xijolat bo‘lishardi. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular oyoqlarning katta o‘lchamlari, masalan, egri tishlari ularning o‘ziga xos xususiyati ekanligini tushunib yetdi.

Kira Naytli

Foto: Legion Media

Aktrisa mukammal tabassum egasi bo‘lishga urinmaydi ham, briketlardan foydalanishni qat’iyan rad etadi. Bir oz qiyshiq tishlari uning karyerasiga hech qanday ta’sir qilmaydi, chunki Kira eng ajoyib filmlarda bosh rollarni o‘ynashda davom etmoqda va moda fotosessiyalarida muntazam ishtirok etadi.

Umuman olganda, aktrisa o‘z tanasiga ijobiy munosabatni targ‘ib qilishga harakat qiladi va fotosuratlariga ishlov bermaydi. 

“Har birimizni kimlardir juda ozg‘in, juda semiz, yoki juda uzun, juda past deb hisoblaydi. Tanangizning har bir qismi belgilangan standartlarga javob bermasligi mumkin. Bu tashvishlanishga arzimaydi”, deydi aktrisa.

Peris Xilton

Foto: Legion Media                                                                                                           

Boy merosxo‘r juda sezilarli xususiyatga — osilgan ko‘z qovog‘iga qaramay, bir necha bor eng jozibali mashhurlar reytingiga kirgan. Uzoq yillar davomida u tashqi ko‘rinishidagi kamchilik bilan ham chiroyli suratga tushishni o‘rgandi, shu bois ko‘pchilik buni sezmaydi ham.

Denzel Vashington

Foto: Legion Media

Ikki marta “Oskar” sovrindori Denzel Vashingtonning yana bir diqqatga sazovor xususiyati bor. Yoshligida, sport bilan shug‘ullangan aktyor o‘ng qo‘lining kichik barmog‘ini sindirib olgan. E’tiborsizligi sababli kichkina barmog‘i shu kungacha yon tomonga chiqib turadi.

Ketrin Zeta-Jons

Foto: Legion Media

Aktrisa yoshligida kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uni operatsiya qilib, nafas olishi uchun tomog‘iga trubka qo‘yib qo‘yishgan. Shundan so‘ng Ketrinning bo‘ynida kichik chandiq qolgan, ammo buni yashirishni istamaydi.

Jennifer Garner

Foto: Legion Media

Aktrisaning oyog‘idagi kichik barmoqlarning holati odatdagidan farq qiladi. O‘ng kichik barmoq nomsiz barmoq ustida, chapi esa yon tomonga qaragan. Bu, ehtimol, tug‘ma xususiyatdir.

Forest Uitaker

Foto: Legion Media

Tug‘ma ptozis tufayli Forest Uitakerning chap ko‘zining yuqori ko‘z qovog‘i doimo yopiq holatda bo‘ladi. Bunday nuqsonni jarrohlik yo‘li bilan yo‘q qilish mumkin, ammo aktyor buni qilishga shoshilmayapti: uning bu kamchiligi o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylangan.

Bill Nayi

Foto: Legion Media

20 yoshida Bill Nayiga Dyupyutren kontrakturasi tashxisi qo‘yilgan. Bu qo‘l funksiyalarining qisman yo‘qolishiga olib keladigan kasallik. Aktyorning ikkala qo‘lidagi — nomsiz va kichik barmoqlari doimo bukilib turadi.

Eshton Kutcher

Foto: Legion Media

Bir marta jonli efirda aktyor juda xotirjam tarzda o‘ng oyog‘idagi birlashib ketgan barmoqlarini ko‘rsatadi. Kutcher bu tug‘ma xususiyatidan umuman xijolat tortmaydi. Barmoqlari uning “yagona kamchiligi” ekanligini hazil bilan aytadi.

Vupi Goldberg

Foto: Legion Media

Vupi Goldbergning tashqi ko‘rinishidagi g‘alatilikni hech payqaganmisiz? Uning qoshlari yo‘q. Bolaligida onasi qoshlarini qirib tashlagan. O‘shandan beri Goldberg doimiy ravishda qoshlarini o‘stirmaydi — u yuzini qoshlari bilan tasavvur qilolmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »