Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida non ishlab chiqarish sexi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda Andijon viloyatida nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Bunday tadbirlar davomida Qo‘rg‘ontepa tumani, “Jomiy” MFYda faoliyat yuritib kelayotgan “F.Z.” MCHJ tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.

Ushbu MCHJga qarashli to‘yxonadagi non ishlab chiqarish sexining elektr qurilmalari elektr o‘lchov priborlaridan tashqari elektr tarmog‘iga ulanib, 387 ming kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani va bu bilan taʼminot korxonasiga 174,1 million so‘m miqdorda zarar keltirgani maʼlum bo‘lgan.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi hozirgi kunda 1,9 mingta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

O‘zbekistonda 2023-yilning 6 oyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 78,5 milliard so‘m, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish sababli esa 231 milliard 866 million so‘m zarar ko‘rilgan. Bundan oldin Buxoro shahrida faoliyat yuritib kelayotgan korxona elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatishi natijasida tizimga 2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »