Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “Tapentadol” og‘riq qoldiruvchi dori vositasi O‘zbekistonda muomalasi cheklangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu dorining quyidagi o‘lchamlari (grammda) noqonuniy muomalada bo‘lsa, jinoiy harakat sifatida baholanadi:

  • kichik — 0,5 gramm;
  • kichikdan ko‘proq — 0,5—5 gramm;
  • yirik — 5 grammdan ortiq.

“Tapentadol” opioid narkotik analgezik bo‘lib, morfin yoki oksikodon singari onkologik kasalliklarda o‘rtacha va kuchli og‘riq qoldiruvchi vosita hisoblanadi. Turli xil preparatlarda mavjud bo‘lgan ushbu modda giyohvandlikka olib kelishi, suiisteʼmol qilinishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanishi mumkin. Uni noto‘g‘ri ishlatish yoki suiisteʼmol qilish dozani oshirib yuborish va o‘limga olib kelishi mumkin.

Ushbu ro‘yxatga tramadol, kokain, morfin va boshqalar kiradi (jami 54 ta dori).

Bundan tashqari, ushbu sohada nazoratni kuchaytirish va ularning bojxona chegarasi orqali o‘tish jarayonini o‘z vaqtida rasmiylashtirish maqsadida hukumat tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TN VED) taʼsir etuvchi moddalar kodlari joriy etilmoqda.

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ro‘yxati (jami 79 nomda) epilepsiya va periferik neyropatik og‘riqlarni (nervlar shikastlanganda paydo bo‘ladigan surunkali og‘riq) davolash uchun mo‘ljallangan dorilar guruhiga kiruvchi “Gabapentin” bilan ham to‘ldiriladi.

Iyun boshlarida sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Farmakologik yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangandi. Shuningdek, 2023-yil 1-maydan dorixonalarda sotilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun belgilangan ustamalardan yuqori mablag‘ olingani aniqlansa, ortiqcha pulni isteʼmolchiga qaytarish tizimi ishga tushirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »