Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning yozi “Barbi” va “Oppengeymer” shov-shuvlari ostida o‘tdi. Xo‘sh, kuzda ham kinoijodkorlardan shu kabi yangi filmlarni kutsak bo‘ladimi?

“Venetsiyadagi arvohlar”

Foto: Filmdan kadr

Kennet Brana o‘z yo‘lini topib oldi — uning Agata Kristi kitoblari asosida yaratgan uchinchi filmi ham tayyor. Ijodkorlar sentabr oyidagi premyeraga katta umid bog‘lamoqda. Film “Sharqiy ekspressdagi qotillik” va “Nildagi qotillik” filmlarining muvaffaqiyatidan o‘zib ketishi kutilmoqda. Mishel Yeoning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak film ssenariysi u o‘qigan eng yaxshi loyihadir. Bu safar Erkyul Puaro sodir etilgan jinoyatni arvohlar ishtirokida ochishi kerak bo‘ladi. U yerda boshqa dunyo kuchlari ham ishtirok etishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, 20th Century Studios rahbarlari “Erkyul Puaro kinoolami”ni yaratmoqchi.

“Moviy qo‘ng‘iz”

Foto: Filmdan kadr

O‘rgimchak odam va Chumoli odamdan farqli o‘laroq, DC ham o‘zining “superhasharot”ini o‘ylab topdi. Yopiq namoyishlarda “Moviy qo‘ng‘iz” tanqidchi va jurnalistlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi: studiya g‘amgin, kulrang kayfiyatdan voz kechib, haqiqiy rangli premyerani namoyish etgan. Variety nashri filmni “toza havo nafasi” deb atagan. Filmning jahon premyerasi 18-avgustda bo‘lib o‘tdi.

“Dyuna: Ikkinchi qism”

Foto: Filmdan kadr

Filmni suratga olishni boshlagan rejissor Denis Vilnyov butun voqeani bitta filmga sig‘dirmoqchi emasligini aytgandi. Shuning uchun Timoti Shalame 20-oktabrdan boshlab Arrakis cho‘l sayyorasida sayr qilishni davom ettiradi.

Bir necha oy oldin surat 3 soatdan ortiq davom etishi va ilmiy-fantastik kino tarixidagi eng uzuni bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Rejissor atrofidagi insayderning ta’kidlashicha, film taxminan 2 soat 40 daqiqa davom etadi.

“Gulli oy qotillari”

Foto: Filmdan kadr

Uch “italiyalik” — Martin Skorseze, Robert DeNiro va Leonardo Di Kaprio “o‘ta amerikancha” film suratga olishdi. Filmda FQB agentlariga neft topilgan rezervatsiyadagi hindularning ommaviy qirg‘in qilinganini o‘rganish topshirilgan.

May oyida Kann kinofestivalida yopiq namoyish bo‘lib o‘tdi. Ularning aytishicha, titrdan so‘ng qarsaklar 9 daqiqa davomida to‘xtamagan. Keyin ajoyib rejissor, ajoyib ssenariy muallifi, ajoyib aktyorlar tarkibiga maqtovlar yog‘ilgan. Aktrisa Lili Gladston esa alohida maqtalgan.

Premyera 20-oktabrga — ikkinchi “Dyuna” bilan bir kunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Kapitan Marvel-2”

Foto: Filmdan kadr

Bri Larsonning epchil uchuvchisi Kerol Danvers yovuzlikka qarshi kurashayotganda, “Kapitan Marvel-2” rejissori Nia DaKosta superqahramonlar kinosining tanazzulga uchrashi haqida hikoya qiladi. Biroq u tomoshabinlarni uning filmi “qiziqarli va ahmoqona” bo‘lishiga ishontirmoqda. Premyeraga esa atigi 3 oy qoldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »