Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH hukumati Tayvanga Abrams tanklarini yetkazib berishni kelasi yildan boshlamoqchi.

Tanklarning dastlabki 38 tasi 2024-yilda yetkazib beriladi. 2025-yilda yana 42 ta Abrams yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Jangovar texnikaning 28 ta oxirgi partiyasi esa 2026-yilda yetkazib berilishi kutilmoqda. 

Tayvanning quruqlikdagi kuchlari allaqachon tanklardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun AQSHga yuboriladigan ofitserlar guruhini tuzgan. Tayvanga qaytib kelgach, ular qurolli kuchlarda harbiy instruktor bo‘lishadi.

Foto: Aa.com.tr

Tayvanga 2,2 milliard dollarga 108 ta Abrams tankini sotish AQSH Davlat departamenti tomonidan 2019 yilda tasdiqlangan. 

Ushbu tanklar modifikatsiya qilingan bo‘lib, jangovar modul bilan jihozlangan va umuman jangovar transport vositasining omon qolish qobiliyatini oshiradigan bir nechta yaxshilanishlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, ekipajni himoya qilish uchun old va yon zirhlar kuchaytirilgan. Bunday modifikatsiya  Tayvanning so‘rovi asosida amalga oshirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »