Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Belgorod viloyati Valuyskiy okrugi Laviy qishlog‘idagi sanatoriyga qilingan dronlar hujumi oqibatida uch nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat rahbari Vyacheslav Gladkov.

“Ukraina Qurolli kuchlari odamlar ko‘chada payti drondan portlovchi moslamalarni tashladi”, — deb yozgan Gladkov Telegram da.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi voqea joyida, yana biri keyinroq kasalxonada vafot etgan.

Dastlab Gladkov sanatoriyga drondan ikkita granata tashlanganini yozdi. O‘sha xabarida u halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumoti yo‘qligini bildirdi, Gladkov faqat sanatoriy binosida derazalar singani va devorlarga shikast yetganini aytdi.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Belgorod viloyati rasmiylari viloyat chegara hududlari o‘qqa tutilayotgani yoki deyarli har kuni dronlar hujumiga uchrayotgani haqida xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23-avgustga o‘tar kechasi “Moskva Siti”dagi binoga dron kelib urildi, Moskva viloyatida yana ikkita dron urib tushirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »