Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

14-avgust kuni kechqurun Dog‘iston poytaxti Maxachqal’ada ro‘y bergan portlashda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda “TASS” agentligi Dog‘iston rahbari matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Xabarga ko‘ra, Dog‘iston rahbari Sergey Melikov yig‘ilishda Maxachqal’a chekkasidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida xorijiy davlatlar fuqarolari halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Maxachqal’a chekkasida sodir bo‘lgan portlashda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Qurbonlarning oilalariga 1 million rubl miqdorida (128,5 mln so‘m) yordam ko‘rsatiladi”, — dedi “TASS” manbasi.

Respublika rahbarining matbuot xizmati “TASS”ga ma’lum qilishicha, fojiadan bir necha kun o‘tib Dog‘iston jamg‘armalari halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga yordam ko‘rsatish uchun 100 million rubldan (12,8 mlrd so‘m) ortiq mablag‘ yig‘gan.

Maxachqal’adagi portlash

Maxachqal’adagi portlash 14-avgust kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Oqibatda 35 kishi halok bo‘ldi, 80 ga yaqin odam yaralandi. Dastlab, qurbonlar orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi aytildi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dog‘istonda motam e’lon qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »