Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston suv xo‘jaligi xizmati direktori Almazbek Sokeyev Qozog‘istonga sug‘orish suvi yetkazib berish to‘xtatilganiga munosabat bildirdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: 24.kg

Sokeyevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston barcha majburiyatlarni bajarmoqda. Rasmiy Qozog‘iston iltimosiga ko‘ra, 17—19-iyul kunlari ikki davlat vakillarining Chu va Talas daryolari havzalarida suv taqsimoti masalalari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tganini va protokol imzolanganini eslatdi.

Qirg‘izistonlik amaldor Qozog‘iston so‘roviga asosan suv taʼminoti soniyasiga 45 kubometrgacha oshirilgani, Qirg‘iziston tomoni esa bu bilan suv taʼminoti chegarasi avgust oyida tugashini bildirganini aytdi. 

“Qozog‘iston tomoni bu shartlarga rozi bo‘ldi. 5-avgustdan boshlab ushbu protokol qaroriga ko‘ra Qozog‘istonga suv berilmayapti. Bu har ikki tomonning qarori. Kecha men qozog‘istonlik hamkasblarim bilan telefon orqali gaplashdim. Ular hech qanday muammo yo‘qligini yana bir bor tasdiqladi. Bu ularning iltimosi edi. Ularning davlatimizga qarshi da’vosi yo‘q”, — dedi Almazbek Sokeyev.

U ommaviy axborot vositalarida Qirg‘iziston suvni uzib qo‘ygani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. 

“Agar suv bo‘lmasa, uning kelishiga to‘sqinlik qiladigan hech narsa yo‘q”, — dedi rasmiy.

Shu bilan birga, Sokeyev Qozog‘iston tomoni bilan Kirov suv omboriga suv oqimi ko‘paygan taqdirda, Qozog‘istonga suv chiqarish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytdi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda suv omboriga suv oqimi sekundiga atigi 0,8 kub metrni tashkil etmoqda, suv oqimida o‘sish kuzatilmagan, bu 2022-yilga nisbatan sekundiga 15,1 kubometrga kam.

21-avgust holatiga ko‘ra, Kirov suv omborining hajmi 15,7 million kub metrni tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 91,9 million kub metrga kamdir.

Qirg‘iziston Qozog‘istonga sug‘orish suvi yetkazib berishni to‘xtatdi

So‘nggi paytlarda Qozog‘istonning Jambil viloyatining bir qator tumanlari sug‘orish suvi tanqisligiga duch keldi. Kirov suv omboridagi (Qirg‘iziston) tanqislik tufayli Jambildagi 4 ming gektarga yaqin piyoz va qand lavlagi xavf ostida qoldi.

Bundan tashqari, suv yo‘qligi sababli bir qancha qishloq tumanlari sug‘orishdan uzildi. Qozog‘iston ekologiya vaziri o‘rinbosari G‘alidulla Azidullin yil sayin suv taqchilligi kuchayib borayotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston bilan suv taqsimoti har yili vegetatsiya boshlanishidan oldin ishlab chiqiladigan suvni tortib olish grafigiga muvofiq amalga oshirilayotganini tushuntirdi.

Biroq 2023-yilda suv miqdori kamligi bilan bog‘liq mavjud vaziyatni hisobga olgan holda grafik faqat iyun oyida kelishib olindi va tasdiqlandi.

Jambil viloyati fermerlari sug‘orish suvi ta’minotidagi muammolar tufayli viloyatda favqulodda rejim joriy etishni so‘radi. Fermerlar katta zarar ko‘rayotgani qayd etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »