Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha sud ishi boshlangani, sudda advokatlar OAV faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgani-yu, “Kun.uz” hamda “Qalampir.uz” saytlarini sud jarayonini yoritishda aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda, “Gazeta.uz” nashrini esa jonli efir qilib, sud jarayonidagi katta sirlarni fosh qilishda aybdor qilishga urinishgani xabar berilgandi. Navbatdagi sud majlisida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari S.K. so‘z olib, “Dok-1 Maks” siropi dastlab 14 nafar bola o‘limiga sababchi bo‘lgani oydinlashgach, siropdan sichqonlarga ham berilgani va dorining zaharlilik darajasi shu yo‘sinda tekshirilganini ochiqlandi.

Sud jarayoni.
Foto: “Daryo”

2022-yilning dekabr oyi edi, men o‘shanda xizmat safari bilan Qozog‘istonning Chimkent shahrida edim. Telegram’imga Sog‘liqni saqlash vazirligining bo‘lim boshlig‘idan xabar keldi. Unda Samarqand shahridagi bolalar o‘limi bilan bog‘liq voqea haqida xabar berilgan ekan. Xabarni olishim bilan o‘zim safarda bo‘lganim bois A.A. ismli birinchi o‘rinbosarimga tashladim. Samarqand shahridagi filialimiz xodimlari bolalar o‘limi kuzatilayotgani aytilgan shifoxona atrofidagi barcha dorixonlardan siropni yig‘ishtirib olib, Toshkent shahridagi laboratoriyamizga olib kelishlari kerakligini aytdim.

Hech kim uyiga ketmasin shu holat bo‘yicha ishlab, tahlilini menga yetkazing, dedim. Oradan to‘rt-besh soat o‘tgach, tahlil natijalarini berishdi. Normativ hujjat bo‘yicha “Dok-1 Maks” siropida hech qanday muammo yo‘q deyildi. Dorixonalarni ko‘zdan kechira boshladik. Barcha aptekalardagi siroplar qaytarib olindi.

“Dok-1 Maks”da hech qanday muammo yo‘q deyishgach, bir tomondan xursand bo‘ldim. Yana bir tomondan esa biror muammo bordirki, zaharlanish kuzatildi, balki noto‘g‘ri qo‘llanish bordir, balki boshqa dori bilan bir vaqtda ichilgani sabab reaksiya bergandir, degan xulosada bu siropni hayvonlarga ichirib, tekshiruv o‘tkaztirdim. Lekin bu sirop ichirilgan sichqonlar ham o‘ldi va siropda zahar bor degan xulosaga kelindi”, — deydi sudlanuvchi.

Foto: “Daryo”

Sobiq masʼulning maʼlum qilishicha, “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq voqealar sodir bo‘lgach, u Hindistondagi kasbdoshi bilan suhbatlashib, voqea haqida bildirgan. Shuningdek, xodimlari orqali O‘zbekistondagi dorixonalarda sotilayotgan “Dok-1 Maks” siropini sotuvdan qaytarib olgan.

Foto: “Daryo”
Voqea sodir bo‘lgan kundan boshlab, ikki kunda xodimlarimiz orqali O‘zbekistondagi dorixonalarda sotilayotgan shu siropni yig‘ishtirib oldik. Qolaversa, Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligidagi hamkasbim, dorilarga javobgar masʼulga rasmiy xat yuborib, “Dok-1 Maks” siropini ishlab chiqaruvchilarning siropi bilan bog‘liq muammo haqida bildirdim, — deydi S.K.

Sudlanuvchining qo‘shimcha qilishicha, tekshiruv natijasida siropda zaharli modda ko‘pligi maʼlum bo‘lgan.

Foto: “Daryo”
Shu sirop bo‘yicha hayvonlarda ham tekshiruv o‘tkazib, vaziyatni aniqlashtirishlari kerakligi haqida xodimlarimga qonuniy topshiriq bergandim. O‘shanda bu sirop sichqonlarga ham ichirilganida ularda ham o‘lim holati kuzatilgan, — deydi sobiq rahbar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »