Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni tovuqlar ostiga yashirgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Toshkent shahar Shayxontohur tumanida oldindan kuzatuvga olingan shaxs o‘tirgan Lacetti avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, avtomashina salonining orqa o‘rindig‘idagi qog‘oz qutida turgan tovuqlar tadbir ishtirokchilarining eʼtiborini tortgan. Tekshiruv davomida parrandalar ostiga bug‘doy kepagi bilan niqoblab yashirin bo‘lma hosil qilingani va ularning ichiga 241 dona “Midaks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari yashirilgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur qonunbuzarlik holatini ildizi bilan bartaraf etish maqsadida tezkor tadbir Namangan shahrida davom ettirilib, fuqarolardan birining yashash xonadoni va yordamchi xonalari ko‘zdan kechirilgan. Ko‘zdan kechirish davomida bu yerda istiqomat qiluvchi shaxs 1 dona qog‘oz qutida 236 dona “Midaks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini o‘z ixtiyori bilan taqdim etgan.

Ikkala holatda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 477 dona dorilarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 143 million so‘mdan oshmoqda.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Psixotrop moddalar savdosi

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvandlik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »