Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Sumi viloyati Romni shahridagi maktabga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenko Telegram sahifasida xabar berdi.

Hujum oqibatida kamida ikki o‘qituvchi halok bo‘ldi, deydi u. Qutqaruvchilar ularning jasadini topgan. Shuningdek, hujumda uch kishi jarohatlangan. Klimenkoning qo‘shimcha qilishicha, yana ikki maktab xodimi vayronalar ostida qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Foto: Telegram

Ukraina Bosh prokuraturasi maktab binosiga dron hujumi 23-avgust kuni soat 10:00 atrofida sodir bo‘lganini xabar qildi. Uch yarador ham ushbu ta’lim muassasasi xodimi ekani aytildi.

Foto: Telegram

 Prokuratura xabarida aytilishicha, hujum sabab maktab binosi vayron bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirishda davom etmoqda.

Foto: Telegram

Shuningdek, 23-avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatiga uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qilgan. Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiperning so‘zlariga ko‘ra, hujum uch soat davom etgan, dronlar fuqarolik infratuzilmasi obyektlarini nishonga olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »